16:36 / 20.09.2022
1 366

Superligada muxlislar nega kamayib bormoqda?

Superligada muxlislar nega kamayib bormoqda?
15-18 sentyabr kunlari Superliganing 19-turi o‘tkazildi. Natijalar bilan saytimiz orqali xabar berib bordik.

Ushbu turda bir qator qiziqarli o‘yinlar o‘tkazildi. Uchrashuvlarda o‘ziga xos qarama-qarshiliklar kuzatildi. Peshqadamlikni berib qo‘ygan “Navbahor” o‘z uyida qiyin g‘alabaga erishdi. Birinchi o‘rinda borayotgan “Nasaf” vodiy jamoasidan ustun keldi. “Paxtakor”ga qarshilik ko‘rsatishi kutilgan AGMK buni uddalay olmadi. “Olimpik” kutilmaganda “Bunyodkor” bilan durang o‘ynadi. “Neftchi” raqobatchisini mag‘lub etib, yana yuqoriladi. “Surxon” juda muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Endi esa turga oid qiziqarli ma’lumotlarni taqdim etamiz. Ya’ni an’anamizga sodiq qolgan holda tur muxlislari statistikasi bilan tanishtiramiz.

Bu gal stadionlarimizga jami 25643 tomoshabin tashrif buyurdi. Har bir bellashuvga o‘rtacha 3663ni tashkil qiladi.

Eng ko‘p muxlis Namanganda. “Navbahor” – “Qizilqum” turning markaziy bellashuviga 10240 tomoshabin tashrif buyurdi.

Nafaqat muxlislar tashrifi, balki muhimliligi jihatdan kelib chiqsak, Qarshidagi bellashuv ikkinchi o‘rinni egalladi. “Nasaf” – “Qo‘qon-1912” bahsini ko‘rish uchun 5657 ishqiboz stadionga keldi.

Eng kam tomoshabin Toshkent viloyatida. Mavsum boshidan beri aytib charchamaganimiz “Surxon” stadionidagi ta’mirlash ishlari sabab bu jamoa o‘z o‘yinlarini boshqa arenalarda o‘tkazib keldi. Oxirgi panoh OKMK stadioni.

“Surxon” uchun ham, “Lokomotiv” uchun eng muhim uchrashuv aslida hech kimga kerak emasdek o‘tdi. Chunki stadionda 335 tomoshabin bor edi xolos.

To‘g‘ri aytishingiz mumkin. Bu o‘yinning mezboni “Surxon”, ularning muxlislari shuncha yo‘l bosib kelishi qiyin dersiz. Biroq “Lokomotiv”-chi? “Temiryo‘lchilar”ga har tomonlama qiyin bo‘lgan pallada ularni qo‘llab turadigan ishqibozlari yo‘qmi? Jamoada kelishilgan o‘yinlar bilan bog‘liq muammo chiqqan bir paytda, klubning ichki musobaqada ishlari yurishmay qolganda yelkadosh bo‘ladigan asl muxlislari yo‘qmi?

O‘zi umuman olganda, chempionatimiz bu mavsum ancha yaxshi o‘tyapti demoqdamiz. Lekin ayni qizigan pallada stadionlarga tomoshabinlar tashrifi kamaymoqda. Vaholanki, Namangan va Qashqadaryoda arena muxlislar bilan liq to‘lishi lozim edi. Bunday intrigali holatda peshqadamlar bo‘lgani uchun. “Paxtakor”da qiyinroq masala bu.

Shuningdek, turnir jadvalining xavfli hududlarida borayotgan jamoalarga muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi juda zarur. Shunda ular yaxshi natijalar qayd etishi mumkin.

Quyida Superliganing ushbu turiga tashrif buyurgan muxlislar statistikasi bilan tanishing (muxlislar soni PFL saytidan olindi):

1. “Navbahor” – “Qizilqum” 1:0. 10240 tomoshabin
2. “Nasaf” – “Qo‘qon-1912” 2:1. 5657 tomoshabin
3. “Metallurg” – “So‘g‘diyona” 2:1. 4215 tomoshabin
4. AGMK – “Paxtakor” 0:2. 2235 tomoshabin
5. “Olimpik” – “Bunyodkor” 1:1. 1540 tomoshain
6. “Neftchi” – “Dinamo” 4:1. 1421 tomoshabin
7. “Surxon” – “Lokomotiv” 2:1. 335 tomoshabin

Bekzod ISAYEV

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superligada muxlislar nega kamayib bormoqda?