O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun Janubiy Koreyaga uchib ketadi. U yerda jamoamiz Kamerun va Kosta-Rika termalariga qarshi bahs olib boradi. Ammo bu yig‘inda MTJ yetakchilaridan biri Jaloliddin Masharipov ishtirok eta olmaydi. U jarohati sabab bu ikki bahsni o‘tkazib yuboradi. Mazkur o‘yinlar oldidan Sports.uz legionerimiz bilan aloqaga chiqdi va MTJ borasida uning fikrlari bilan qiziqdi.
- Ayni damda jarohatdasiz. Tiklanish jarayoni qanday kechmoqda?
- Jarohatdaman. Ancha tuzalib qoldim, ammo jarayon og‘ir o‘tdi. Chempionatda 4 ta o‘yinni o‘tkazib yubordim. MTJga ham shu sabab bora olmadim. Xudo xohlasa, noyabrdagi yig‘inda ishtirok etaman. Ungacha o‘zimni tiklab olaman, degan umiddaman.
- Anchadan beri ilk marotaba terma yig‘inini o‘tkazib yubormoqdasiz. Aksiga olib, jamoa ushbu yig‘inda ikki kuchli raqibga qarshi o‘ynaydi. Imkoniyatlarimizni qanday baholaysiz?
- Terma jamoa o‘yinlarini o‘tkazib yubormaslikka harakat qilardim. Endi hayot shunaqa. Hamma narsa biz xohlagandek bo‘lavermaydi.
Imkoniyatlarga kelsak, raqiblar juda xatarli emas, menimcha. Kamerun sardori (Vensan Abubakar) bilan bitta klubda o‘ynayman. Uni va o‘zimizning yigitlarni yaxshi bilaman. Psixologik tomondan to‘g‘ri tayyorlanishning o‘zi kifoya, deb o‘ylayman.
Katanetsning intervyusini ko‘rdim. Ularga juda katta baho berildi. Lekin Kamerun u darajada kuchli emas. Maqsad shunchaki o‘ynab kelish bo‘lishi kerak emas. Ruhiy tomondan to‘g‘ri tayyorgarlik ko‘rib, g‘alaba qozonishga intilish kerak. Har qanday jamoani mag‘lub etsa bo‘ladi. O‘rtada katta farq yo‘q, deb hisoblayman.
Bosimni yo‘qotish kerak. Yigitlar raqibni o‘zidan kuchli, deb bilishi to‘g‘ri bo‘lmaydi. Futbolchilarimiz halqaro maydonlarda o‘ynab yuribdi. Ularning darajasi bilan bu termalarga qarshi bemalol o‘ynasa bo‘ladi.
- Bu o‘yinlarda Masharipovning o‘rni bilinadimi?
- 100 foiz bilinadi, albatta. Men futbolchilarga o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirishi uchun ularga maslahat beraman. Ularga motivatsiya berib turaman. Kim bilan o‘ynashimizdan qat’iy nazar men shunday qilib kelganman. Shu tomonlama ham yo‘qligim seziladi. O‘rnim bilinishi aniq.
- Oldindagi ikki o‘yinda o‘z poziyatsingizda kimni ko‘rmoqdasiz?
- Bilmadim, ochig‘i. Superliga o‘yinlarini kuzatib boryapman. Kimnidir ajratib ko‘rsata olmayman. Oldin Oybek Bozorovni aytgan bo‘lardim. Hozir u "to‘yib qolgan"dek taassurot qoldirmoqda. Unda ishtiyoq ko‘zga tashlanmayapti. Shuningdek, Katanes bo‘yi past futbolchilar yordam bermaydi, deb aytgan ekan. Shu bois, Bozorovni bu o‘yinga qo‘ymasa kerak murabbiy.
- Bonus savol. Superligamizda raqobat hozir avjiga chiqqan. Yakunda kim chempion bo‘ladi, deb o‘ylaysiz?
- Chempionlik haqida nimadir deyish qiyin. "Navbahor" ko‘p ochko yo‘qotib yubordi. Klub o‘rtamiyona jamoalarga qarshi maksimal ochko ishlaganda, allaqachon chempionlikni hal qilgan bo‘lardi. Namanganliklar vaziyatni o‘ziga-o‘zi qiyinlashtirdi.
"Paxtakor" barqaror o‘yin ko‘rsatmayapti. Bir o‘yinda zo‘r, boshqachasida aksincha harakat qilmoqda. Shunda ham klub oldi qatorlarda ketmoqda.
"Nasaf" har galgidek o‘z pozitsiyasida. Birinchi o‘rin uchun kurashadi, ammo yakunda ikki yoki uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritadi. Nimadir deyish qiyin. Oldindagi 2-3 ta turdan keyin hal bo‘lib qolsa kerak. Imkoniyatlar teng darajada.
O‘zbekiston chempionati rivojlanib ketdi, deb o‘ylamayman. "Paxtakor" kuchini yo‘qotdi. Qolganlar klubga yetib oldi. Ular sal ko‘tarildi, "sherlar" pastroqqa tushdi. Hamma bir xil darajada. Oldingidek kimdir yaqqol ustun emas.
Jaloliddin Qobiljonov suhbatlashdi
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»