1 400
Timur Kapadze: "Kamerunga qarshi qanday uslubda o‘ynashimiz murabbiyning ko‘rsatmasi, talablariga bog‘liq"
Serchko Katanes boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Janubiy Koreyadagi yig‘in doirasida Kamerun va Kosta-Rika bilan kuch sinashadi.
Mazkur bahslar oldidan o‘z vaqtida terma jamoa bosh murabbiyi sifatida Afrika qit’asining Senegal va Marokash terma jamoalariga qarshi terma jamoamizni boshlab tushgan Timur Kapadzening fikrlari bilan qiziqdik.
- Oldindagi uchrashuvlarda terma jamoamizdan qanday o‘yin kutyapsiz?
- Albatta terma jamoamizdan doim g‘alaba kutamiz. O‘ylaymanki, yigitlar chiroyli o‘yin ko‘rsatib yutuqni o‘zlariniki qilishadi.
- Afrika qit’asi jamoalari borasida sizda tasavvur va ko‘nikma shakllangan. Kamerun ham Senegal va Marokash kabi kuchga egami?
- Ularning asosiy kuchi jismoniy baquvvatligida. Lekin hozir bizning futbolchilarimiz ham jismoniy holatini ancha yaxshilab olishgan.
- Bu o‘yinlar qaysi tomonlama samara keltirishi mumkin?
- Xalqaro uchrashuvlarning har biri foydali bo‘ladi. Kamerun Afrikaning nomdor va kuchli terma jamoalaridan biri. Ko‘p futbolchilari Yevropada to‘p tepadi.
- Murabbiy sifatidagi dastlabki uchrashuvni Senegalga qarshi o‘tkazgansiz. Nimalar yodda qolgan?
- Bu o‘ziga hos mas’uliyat edi. Senegalning jismonan kuchli ekanligini bilgan holda ko‘proq to‘psiz qoldirib, yugurtirishga harakat qilganmiz. O‘zimizning kuchli jihatlarimizni ishga sola bilganmiz. Shunisi aniqki, yaxshi o‘yin ko‘rsatganmiz, deya olaman.
- Demak vakillarimiz ham Kamerunga qarshi ko‘proq to‘p bilan muomalada bo‘lishi kerak?
- Har bir raqibni hurmat qilish kerak. Qo‘rqadigan joyi yo‘q. Maydonda hammasi hal bo‘ladi. Qanday uslubda to‘p tepishimiz murabbiyning ko‘rsatmalariga bog‘liq. Qanday taktika tanlaydi, nima talab qiladi. Katanes raqibni o‘rgangan.
Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»