
O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Hojimat Erkinov kecha bo‘lib o‘tgan Kamerunga qarshi o‘yindan so‘ng fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Kamerun bilan yaxshi va tartibli o‘yin o‘tkazdik. Murabbiyimizning barcha ko‘rsatmalarini bajardik, deb o‘ylayman. Har bir futbolchi maydonga gol urish uchun tushadi, g‘alaba ishtiyoqida to‘p tepadi. Men ham gol urib foydam tegishini istadim. Ular jismonan baquvvat lekin biz ham yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan edik. Kosta-Rikani ham o‘rganishni boshladik. Bizni g‘oyibona qo‘llab-quvvatlayotgan muxlislarga katta rahmat aytaman. Ishqibozlar, vatanimiz uchun o‘ynamiz", - deydi Xojimat Erkinov O‘FA matbuot xizmatiga.
O‘zbekiston Milliy Terma JamoasiHojimat ErkinovKamerun O‘yiniFutbolchi G‘alabaMuxlislar RahmatTayyorlash Jarayoni O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar