date

«Vest Bromvich» bosh murabbiyi: Shunchaki, «Lester» chempion bo‘lishini xohlayman

«Vest Bromvich» bosh murabbiyi: Shunchaki, «Lester» chempion bo‘lishini xohlayman

“Vest Bromvich” jamoasi bosh murabbiyi Toni Pyulis “Tottenxem”ga qarshi (1:1) Angliya chempionati 35-turidan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda "Uff.uz" xabar bermoqda.

“Birinchi bo‘limda bittadan ko‘proq gol o‘tkazmaganimiz yaxshi bo‘ldi. “Tottenxem”da shakllangan jamoa uchun barcha narsa bor: yosh tarkib, yuqori mahorat. Tannafus paytida futbolchilarimdan biroz agressiv bo‘lib o‘ynashni so‘ragan edim. Chunki birinchi bo‘limda raqibning hujumlariga umuman javob qaytara olmadik.

Shunchaki, “Lester” chempion bo‘lishini xohlayman. “Tottenxem”ni hurmat qilaman, ammo bu haqiqiy ertak, ajoyib tarixga aylanadi. Bu ertak boshqa bir mamlakatda bo‘lishi mumkin emasdi”, – deydi “Vest Bromvich” ustozi.

“Lester” Angliya chempionati yakunlanishiga 3 tur qolganida 76 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda. “Tottenxem” 69 ochko bilan ikkinchi pog‘onani saqlab turibdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » «Vest Bromvich» bosh murabbiyi: Shunchaki, «Lester» chempion bo‘lishini xohlayman