Aktyor Shahzod Sultonov MMAda jang o‘tkazdi

Videodan lavha
O‘zbekistonlik aktyor Shahzod Sultonov 26 sentyabr, dushanba kuni MMAda debyut qildi.
Andijon shahrida bo‘lib o‘tgan MMA kechasining asosiy jangida Sultonovga Farohiddin Turdiboyev raqib bo‘ldi. Jangchilar -90 kg vazn toifasida o‘tkazildi.
Jangning uchinchi raundida Sultonov raqibning xatosidan foydalanib, maunt holatiga o‘tib olgan va ketma-ket zarbalardan keyin hakam texnik nokaut qayd etgan.
Shu tariqa Shahzod Sultonov MMAdagi debyut jangida g‘alabaga erishdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing