00:28 / 30.09.2022
1 439

Luisma Ernandes nega PFLga alohida rahmat aytdi?

Luisma Ernandes nega PFLga alohida rahmat aytdi?
Superligada 20-turga start berildi. Navoiyda “Qizilqum” “Metallurg”ni qabul qildi. Uchrashuvdan avval mezbonlarning imkoniyati yuqori baholangandi. Biroq yakun boshqacha ko‘rinishda bo‘ldi. “Metallurg” yagona gol evaziga “Qizilqum”ni yutib ketdi.

Bosh murabbiy Luisma Ernandesning qo‘llagan taktikasi ish berdi. Maydon egalaridan ikki nafar asosiy futbolchi oxirgi daqiqalarda maydondan chetlatildi.

Uchrashuv ancha keskin ruhda o‘tdi. O‘yin yakunlanganidan so‘ng “Metallurg”ning ispaniyalik ustozi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Muhim g‘alaba bilan tabriklayman. Rostini aytganda, uchrashuvdan avval “Metallurg”ning g‘alabasiga ishonmaganlar ko‘p edi. Navoiyda qo‘lga kiritilgan g‘alabani kichik sensatsiyaga qiyoslash mumkinmi?
- Buni bitta gap bilan izohlashim mumkin: butun jamoa va murabbiylar shtabi juda qattiq mehnat qilyapmiz. Har bir mashg‘ulotimiz shunday o‘tyapti. Ko‘rayotgan bo‘lsangiz, uyimizda va safarda jiddiy raqiblar ustidan g‘alaba qozondik. Bularning barchasi faqatgina qattiq mehnat qilayotganimizning mevasi.

- “Qizilqum”ga qarshi uchrashuvdan qanday taassurot qoldi va xulosangiz nimalardan iborat?
- “Qizilqum” hozirgi kunda chempionatdagi kuchli jamoalardan bittasi. Buni turnir jadvalidagi o‘rnidan ham bilsak bo‘ladi. Bugungi uchrashuvga kelsak, himoyada tartibli o‘ynadik va qarshi hujumda imkoniyatimizdan to‘g‘ri foydalangan holda g‘alabaga erishdik, deb o‘ylayman. G‘alabamizga yana bir sabab, yuqorida aytib o‘tganimdek, kuchli mehnat va g‘alabaga bo‘lgan ishonch. Jamoa ichidagi har bir insonda uch ochko uchun ishonch va xohish katta edi. Bu esa o‘yindagi g‘alabamizning mevasi desak adashmagan bo‘laman. Yana alohida PFLga rahmatimni aytmoqchiman. Bugungi o‘yinga VARni tashkillashtirgani uchun minnatdorman. O‘tgan safargi intervyularimda aytganimdek, VAR har doim to‘g‘ri qaror va to‘g‘ri o‘yinni ta’minlab beradi. “Paxtakor” bilan o‘yinimizda ham VAR bo‘lganida kamida durangga erishgan bo‘lardik.

- O‘yin davomida ikkala jamoa a’zolari o‘rtasida asabiy vaziyatlarni ko‘p ko‘rdik. Sizningcha, bu nima bilan bog‘liq edi?
- O‘ylashimcha, “Qizilqum” jamoasi “Metallurg”dan shakllangan xarakterdagi o‘yinni kutmagandi. Shu sababli ham himoyada tartibli hamda shiddatli o‘ynaganimiz uchun ular xissiyotlarini nazorat qila olmadi. Asabiylik shu joydan kelib chiqdi, deb o‘ylayman. To‘g‘ri, ba’zi-bir holatlarda bizning futbolchilarimiz ham o‘yinning tempidan kelib chiqqan holatda biroz qo‘pol o‘ynashdi. Hakam shunga yarasha bizning yigitlarga ham sariq kartochkalarni ko‘rsatdi.

- Darvozabon Akmal Ortiqov yaxshi o‘yin ko‘rsatdi va bir necha vaziyatlarda jamoasini muqarrar gollardan saqlab qoldi. Nima deb o‘ylaysiz, Ortiqov uchrashuvning eng yaxshi futbolchisimi yoki fikringiz boshqachami?
- O‘yindagi ko‘p holatlarda va hattoki ofsayd bo‘lishiga ham qaramasdan darvozabonimiz Akmal Ortiqov o‘zini juda yaxshi ko‘rsatdi. Bugungi uchrashuvda namunali tarzda mehnat qildi, desak adashmagan bo‘lamiz. Nafaqat Ortiqovga, balki darvozabonlar jamoasi va ularning murabbiyiga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Mashg‘ulotlar va o‘yin jarayonida jipslashgan holatda bizga yordam berib kelishyapti. O‘yinning eng yaxshi futbolchisiga kelsak, shaxsiy fikrim shundayki, Anvar G‘ofurov men uchun uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi deb hisoblayman.

- 2 oktabr kuni turning markaziy o‘yinida “Paxtakor” “Nasaf”ni qabul qiladi. Fikringizcha, bu bahsda kim g‘olib chiqadi?
- Bu ikkita gigant jamoa o‘rtasidagi o‘yin bo‘ladi. Uchrashuv hech qanaqa muammosiz o‘tadi, deb o‘ylayman. Yaxshi futbol ko‘rishimiz mumkin. Ikkala jamoaning ham o‘yin uslubi menga yoqadi. Omad ikkalasiga ham kulib boqishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Luisma Ernandes nega PFLga alohida rahmat aytdi?