date

“Bunyodkor” – “Paxtakor” uchrashuvida ishlamoqchi bo‘lgan OAV vakillari diqqatiga!

“Bunyodkor” – “Paxtakor” uchrashuvida ishlamoqchi bo‘lgan OAV vakillari diqqatiga!

Toshkentning “Bunyodkor” klubi 29 aprel kuni oliy liga 7-turi doirasida amaldagi chempion “Paxtakor” jamoasini qabul qiladi. Bu haqda klub rasmiy saytida e’lon qilingan.

Uchrashuv “Bunyodkor” stadionida soat 19:00da boshlanadi.

Ushbu uchrashuvni bevosita stadiondan yoritib borishni istagan OAV vakillari “Bunyodkor” matbuot xizmatining – media@fcbunyodkor.com elektron manziliga xabar qilishlarini so‘raladi. Jurnalistlarni ro‘yxatga olish 29 aprel kuni soat 12:00ga qadar davom etadi.

“Bunyodkor” – “Paxtakor” uchrashuviga faqatgina “Bunyodkor” matbuot xizmatiga xabar yuborgan va O‘zPFL akkreditasiyasiga ega bo‘lgan OAV vakillari ro‘yxat asosida kiritiladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni “Bunyodkor” matbuot xizmatidan olishingiz mumkin.

Telefon: +998 71 230 40 59
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » “Bunyodkor” – “Paxtakor” uchrashuvida ishlamoqchi bo‘lgan OAV vakillari diqqatiga!