06:00 / 08.10.2022
1 506

“Nasaf”ning yillik budjeti qancha? Ular bu borada Superligada nechanchi o‘rinda turadi?

“Nasaf”ning yillik budjeti qancha? Ular bu borada Superligada nechanchi o‘rinda turadi?
Yaqinda "Blogbaster" "Youtube" kanali a’zolari Qarshida bo‘lib, futbolchi Ivan Solovev bilan intervyu uyushtirdi. Suhbat chog‘ida jurnalist “Nasaf” bosh direktori Alisher Yusupovni ham savolga tutdi.

—“Nasaf”ning moliyaviy holati haqida gapirib bersangiz. Klubning budjeti qancha?
—Bosh homiyimiz “Sho‘rtan gaz-kimyo” majmuasi hisoblanadi. Yil boshida biz smetani tasdiqlaymiz. Budjetimiz yiliga taxminan 25 milliard so‘mni tashkil qiladi.

—Klubingiz Superligada budjet borasida nechanchi o‘rinda?
—“Nasaf” O‘zbekiston chempionatida budjet borasida kuchli to‘rtlikdan joy olgan.

—Yuqoridagi o‘rinlarni qaysi jamoalar band etgan?
—Poytaxning “Paxtakor” klubi O‘zbekiston chempionatidagi eng badavlat jamoa hisoblanadi. Menimcha, ularning budjeti biznikidan kattaroq. Ammo aniq miqdori qancha ekanligini bilmayman. Qolaversa, AGMK, “Metallurg” va “Navbahor” kabi jamoalar ham “Nasaf”dan yuqoriroq o‘rinlarda turadi.

—Klubingizdagi futbolchilarning o‘rtacha maoshi qancha?
—Klubimizda unchalik katta maosh berilmaydi. O‘rtacha ming dollardan 6 ming dollargacha ish haqi berilishi mumkin.

—Legionerlar ko‘proq oladimi?
—Bu tabiiy holat. Sababi, legionerlar mahalliy futbolchilardan bir bosh baland bo‘lishi kerak.

—G‘alaba uchun futbolchilar qancha mukofot puli oladi? 1000 dollardan – 5000 dollargacha?
—Taxminan 1000 dollar atrofida mukofot puli berilishi mumkin.

—Jamoa chempionatda g‘oliblik uchun qancha oladi?
—Birinchi o‘rin uchun taxminan 100 ming dollar pul berilishi mumkin.

—Ushbu summadan qanchasi futbolchilarga beriladi?
—Aytish qiyin. Bu ko‘proq futbolchilarning soniga bog‘liq. Misol uchun, avval tarkibimizda 35 nafar futbolchi bor edi. Hozir esa 37 nafar. Tabiiyki, bu miqdorga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Nasaf”ning yillik budjeti qancha? Ular bu borada Superligada nechanchi o‘rinda turadi?