
Bugun, 9 oktabr kuni Frankfurtda 2024 yil Germaniyada o‘tkaziladigan Yevropa chempionatining saralash bahslariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi.
UEFA tomonidan Rossiya TJ musobaqadan chetlatilgan. Germaniya esa mezbon bo‘lgani tufayli avtomatik ravishda final raundida “A” guruhidan joy oladi va kvalifikatsiya bosqichida qatnashmaydi.
Qolgan 53 ta ishtirokchi quyidagicha savatchalarga joylanadi:
1-savatcha (Millatlar Ligasi finalchilari): Niderlandiya, Xorvatiya, Ispaniya, Italiya.
1-savatcha: Daniya, Portugaliya, Belgiya, Vengriya, Shveysariya, Polsha.
2-savatcha: Fransiya, Avstriya, Chexiya, Angliya, Uels, Isroil, Bosniya va Gersegovina, Serbiya, Shotlandiya, Finlyandiya.
3-savatcha: Ukraina, Islandiya, Norvegiya, Sloveniya, Irlandiya, Albaniya, Chernogoriya, Ruminiya, Shvetsiya, Armaniston.
4-savatcha: Gruziya, Gretsiya, Tursiya, Qozog‘iston, Luksemburg, Ozarbayjon, Kosovo, Bolgariya, Farer orollari, Shimoliy Makedoniya.
5-savatcha: Slovakiya, Shimoliy Irlandiya, Kipr, Belarus, Litva, Gibraltar, Estoniya, Latviya, Moldova, Malta.
6-savatcha: Andorra, San-Marino, Lixtenshteyn.
Marosim Toshkent vaqti bilan 15:00 da start oladi.
Eslatib o‘tamiz, Yevro-2024 saralash bahslari 2023 yil 23 martda boshlanadi va 2024 yil 26 martgacha davom etishi rejalashtirilgan. Final bosqichi (24 terma jamoa yo‘l oladi) esa 2024 yil 14 iyundan 14 iyulga qadar o‘tishi belgilangan. Amaldagi chempion – Italiya terma jamoasi.
Yevropa ChempionatiQur’a TashlashFrankfurtda O‘tadiUEFA MusobaqasiIshtirokchi JamoalarYil Germaniya O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar