
O‘zbekiston Coca Cola Superligasining 21-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "So‘g‘diyona" uchrashuvining 81-daqiqasida mezbonlar jarima maydonchasi ichida ro‘y bergan holat Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqildi.
Unga ko‘ra, "So‘g‘diyona"ning 19-raqamli futbolchisi Javohir Qahramonov to‘p uchun kurashda "Nasaf" darvozaboni va himoyachisi bilan to‘qnashuvda maydonga yiqilib tushgan. Bosh hakam dastlab o‘yin qoidasi buzilmaganligini qayd etgan. Biroq, vaziyatni VAR orqali ko‘rgach, penalti belgilagan.
“Hakam bu vaziyatda penalti belgilamasdan, o‘yinni davom ettirishi kerak edi” - deyiladi Ekspert-hakamlar komissiyasi bayonotida.
Ekspert-hakamlar komissiyasi tomonidan uchrashuv bosh hakami harakatlari yuzasidan chora ko‘rilishi uchun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Hakamlar qo‘mitasiga taqdimnoma kiritilganini ma’lum qilamiz.
O‘zbekistonCoca Cola SuperligasiNasaf So‘g‘diyonaEkspert-hakamlarPenaltiHakamlar qo‘mitasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar