
Foto: Sportni rivojlantirish vazirligi
Bahraynning Manama shahrida og‘ir atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
-67 kg vazn toifasida bahs olib borgan O‘zbekiston vakili Adhamjon Ergashev dast ko‘tarish mashqida 138 kg, siltab ko‘tarishda 176 kg, ikki kurash bo‘yicha esa 314 kg natija qayd etdi. U bilan raqobatlashgan hech bir raqibi ushbu ko‘rsatkichlarni yaxshilay olmadi va Ergashev 3 ta oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Erkaklar (-67 kg)
1. Adhamjon Ergashev — 314kg (138+176 O‘zbekiston);
2. Yasin Muhammad — 303 (137+166 Indoneziya);
3. Anucha Doungsru — 301 (136+165 Tailand).
Ma’lumot uchun, Osiyo chempionatida ayni vaqtda O‘zbekiston hisobida 3 ta oltin, 3 ta bronza medali mavjud.
Adhamjon ErgashevOg‘ir AtletikaOsiyo ChempionatiO‘zbekiston VakiliMedal NatijalariBahs Olib Borgan O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar