07:41 / 16.10.2022
1 653

Ro‘ziqul Berdiyev "Navbahor"ning yarim finaldagi g‘alabasiga qanday munosabat bildirdi?

Ro‘ziqul Berdiyev "Navbahor"ning yarim finaldagi g‘alabasiga qanday munosabat bildirdi?
Bu yilgi O‘zbekiston Kubogi finaliga “Nasaf” hamda “Navbahor” klublari yo‘l oldilar. Ikkala jamoa yarim finaldagi raqiblarini dog‘da qoldirdilar.

Amaldagi Kubok sohibi sanalgan “Ajdarlar” yana bu ishini takrorlay olarmikin? “Navbahor” ham jiddiy raqib. “Nasaf” bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev namanganliklarning yarim finalda g‘alaba qozonib, hal qiluvchi bosqichga chiqqani borasida o‘z fikrini bildirdi.

O‘zbekiston Kubogi finaliga munosib jamoalar chiqdi. Bu yil barqaror o‘yin ko‘rsatib kelayotgan ikkita klub bosh sovrin uchun kurashadi. O‘ylaymanki, final ajoyib tarzda kechadi. Muhit zo‘r bo‘ladi. “Navbahor” klubi finalga chiqishga munosib edi. Bu yilgi mavsumda ular ham yaxshi o‘yin ko‘rsatishyapti. Barqarorlik ko‘rinib turibdi.

Aslida “Navbahor” ham, “So‘g‘diyona” ham finalga munosib edi. O‘yin shunga yarasha bo‘ldi. Penaltilar seriyasi – bu lotereya. “Navbahor” kuchli jamoa, tarkibi ham kuchli. O‘ylaymanki, “Nasaf”da ham, “Navbahor”da ham Kubokni qo‘lga kiritishga imkoniyati bor
”, - deydi Berdiyev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev "Navbahor"ning yarim finaldagi g‘alabasiga qanday munosabat bildirdi?