
Armaniston poytaxti Yerevan shahrida kadetlar, o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida sambo bo‘yicha Jahon chempionati o‘tkazilmoqda.
Bugun musobaqa doirasida o‘smirlar o‘rtasida bellashuvlar o‘tkazildi. Quvonarlisi, bugun sambochilarimiz dastlabki oltin medalga sazovor bo‘ldi. +98 kg vaznli hamyurtimiz Mahmudjon Maqsudov barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan holda, Jahon chempioniga aylandi. Vakillarimiz shuningdek 3 ta kumush, 3 ta bronza medaliga ham ega chiqdi.
Kun yakuniga ko‘ra, sovrindorlarimiz ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi:
Oltin:
+98 kg: Mahmudjon Maqsudov
Kumush:
-71 kg: Shaxriyor Karimov
-65 kg: Muxlisa Turdiyeva
-59 kg: Feruza Bobokulova
Bronza:
-98 kg: Qutlimurod Numonov
-72 kg: Sevinch Maxmudjonova
-47 kg: Uybo‘lsin Hakimova.
Eslatib o‘tamiz, kecha kadetlar o‘rtasidagi bellashuvlarda Ne’matjon Xudoyberganov kumush medalni qo‘lga kiritgandi.
O‘zbekiston sambo federatsiyasi matbuot xizmati
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar