21:04 / 17.10.2022
1 058

Superliga. «Olimpik» «Lokomotiv» ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi, «Metallurg» safarda «Dinamo»ni mag‘lub etdi

Superliga. «Olimpik» «Lokomotiv» ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi, «Metallurg» safarda «Dinamo»ni mag‘lub etdi
Foto: «Lokomotiv»
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 22-turidan o‘rin olgan ikki o‘yin 17 oktabr, dushanba kuni bo‘lib o‘tdi.

«Lokomotiv» «Olimpik»ni qabul qildi. Uchrashuvning 4-daqiqasida Jerome Etame hisobni ochdi. 65-daqiqada Otabek Jo‘raqo‘ziyev penaltidan unumli foydalanib, muvozanatni tikladi. 75-daqiqada Timur Mamasidiqov ham penaltini aniq amalga oshirib, «Olimpik»ni hisobda oldinga olib chiqdi.

«Olimpik» ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolari sonini 28 taga yetkazib, 8-o‘rinni band etdi. «Temir yo‘lchilar» esa 20 ochko bilan 11-pog‘onadan bormoqda.

«Metallurg» safarda «Dinamo» mehmoni bo‘ldi. 19-daqiqada Bektemir Abdumannonov tomonidan urilgan gol bekobodliklarga g‘alaba keltirdi.

Bekobod klubi 29 ochko bilan 7-o‘rindan joy oldi. «Dinamo» esa 9 ochko bilan so‘nggi o‘rinni egallagan.

«Lokomotiv» – «Olimpik» 1:2
Gollar
: 1:0 — 4 Jerome Etame, 1:1 — 65 Otabek Jo‘raqo‘ziyev (penalti), 1:2 — 75 Timur Mamasidiqov (penalti).
«Lokomotiv»: 1. Abdumavlon Abdujalilov, 3. Islomjon Qobilov, 4. Dilshodjon Komilov, 14. Xurshid Muxtorov (34. Anvar Alijonov, 90), 19. Etame Jerome, 20. Jaloliddin Jumaboyev, 21. G‘ulom-Haydar Gulyamov, 22. Manuchehr Safarov (6. Alisher Salimov, 82), 27. Islom Rashidxonov (8. Nurmuhammad Toshpo‘latov, 67), 77. Ivan Nagayev (25. Mo‘minjon Meliyev, 46), 98. Ma’ruf Jumayev (9. Javohir Alijonov, 67).
«Olimpik»: 1. Shukron Yo‘ldoshev, 2. Saidazamat Mirsaidov, 5. Muhammadqodir Hamraliyev, 6. Behzod Shamsiyev, 7. Ruslanbek Jiyanov, 11. Otabek Jo‘raqo‘ziyev (10. Farruxbek Muxtorov, 85), 19. Dostonbek Tursunov (17. Jaloliddin Sodiqov, 65), 22. Po‘latxo‘ja Xoldorxonov (99. Muhammadali G‘iyosov, 80), 23. Abdurauf Bo‘riyev, 37. Alisher Odilov (9. Timur Mamasidiqov, 46), 70. Abubakrrizo Turdialiyev (21. Muhammadaziz Ibrohimov, 46).
Ogohlantirishlar: G‘ulom Haydar Gulyamov (50), Xurshid Muxtorov (85), Farruxbek Muhtorov (90+2).

«Dinamo» – «Metallurg» 0:1
Gol
: 0:1 — 19 Bektemir Abdumannonov.
«Dinamo»: 1. Farhod Rahmatov, 5. Mixaylo Yovanovich, 7. Shohruhbek Abdurahmonov, 13. Javlonbek Malikov (70. Oybek Nurmatov, 46), 15. Jo‘rabek Mannonov, 16. Bobur Mamadolimov, 17. Erkin Boydullayev, 18. Mehriddin Musurmonov (21. Shohruh Mahmudxojiyev, 59) (8. Azim Mirzayev, 82), 22. Abdujamol Isroilov (88. Yevgeniy Chumak, 24), 27. Marat Bikmayev (11. Sahob Rashidov, 46), 78. Elguja Grigalashvili.
«Metallurg»: 12. Aleksandr Lobanov, 4. Kerim Palich, 9. Zabihillo O‘rinboyev (16. Jasur Xolto‘rayev, 86), 10.Bektemir Abdumannonov (30. Ibrohim Ibragimov, 53), 14. Abrorbek Toshqo‘ziyev, 18. Anvar G‘ofurov, 22. Shahzodbek G‘ofurbekov (6. Xudoyshukur Sattorov, 86), 27. Ixtiyor Toshpo‘latov, 80.Farrux Ibrohimov, 94. Farhod Bekmurotov, 97. Muhammadali Aliqulov.
Ogohlantirishlar: Farrux Ibrohimov (5), Marat Bikmaev (31), Mixaylo Yovanovich (44), Erkin Baydullayev (55), Shohruh Abdurahmonov (59), Oybek Nurmatov (69), Sahob Rashidov (70).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. «Olimpik» «Lokomotiv» ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi, «Metallurg» safarda «Dinamo»ni mag‘lub etdi