21:07 / 18.10.2022
1 212

Superliga. 7 ta gol urilgan o‘yinda g‘alaba qozongan "Paxtakor" "Nasaf"ga yetib oldi

Superliga. 7 ta gol urilgan o‘yinda g‘alaba qozongan "Paxtakor" "Nasaf"ga yetib oldi
O‘zbekiston Superligasi 22-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Qo‘qon-1912" uchrashuvi nihoyasiga yetdi. Unda maydon egalari 5:2 hisobida zafar quchdi.

"Sherlar" safida Dragan Cheran toshkentliklar safidagi ilk pokerini rasmiylashtirdi, Sardor Sobirxo‘jayev bir bor raqib darvozasini ishg‘ol etdi. Bu gollarga qo‘qonliklar Javohir Sidiqov hamda Oybek Rustamovning aniq zarbalari evaziga javob qaytardi.

Shu tariqa, Shatskix shogirdlari ochkolari sonini 42 taga yetkazgan holda, onlayn jadvalda peshqadam "Nasaf" bilan tenglashib oldi. 13-pog‘onadagi "shunqorlar" 18 ochko jamg‘argan.

"Paxtakor" – "Qo‘qon-1912" 5:2
Gollar
: Javohir Sidiqov 29, - 0:1 (Oybek Rustamov). Dragan Cheran 34, - 1:1. Dragan Cheran 39, - 2:1 (Farruh Sayfiyev). Oybek Rustamov 45+2, - 2:2. Dragan Cheran 50, - 3:2 (Farruh Sayfiyev). Sardor Sobirxo‘jayev 59, - 4:2 (Azizbek Turg‘unboyev). Dragan Cheran 78 penalti, - 5:2.
"Paxtakor": 35.Sanjar Quvvatov, 3.Hojiakbar Alijonov, 7.Odiljon Hamrobekov, 8.Azizbek Turg‘unboyev, 10.Dragan Cheran, 17.Doston Hamdamov, 27.Sardor Sobirxo‘jayev (32.Behruzbek Asqarov, 84), 34.Farruh Sayfiyev, 42.Abbosbek Fayzullayev (6.Ikromjon Aliboyev, 70), 77.Dostonbek Tursunov, 88.Shahzod Azmiddinov.
Zaxira: 33.Eldorbek Suyunov, 5.Oleksandr Nasonov, 13.Ilya Martinovich, 28.Diyor Xolmatov, 63.Muhammadali O‘rinboyev.
"Qo‘qon-1912": 21.Islom Abdullayev, 5.Slavko Lukich, 10.Javohir Sidiqov, 11.Shohnazar Norbekov, 13.Sardor Azimov (27.Anvar Xojimirzayev, 80), 15.Oybek Rustamov, 17.Quvondiq Ro‘ziyev, 23.Aleksandr Merzlyakov (4.Ilhom Vahobov, 46), 33.Ivan Yosovich (14.Avazxon Mamatxo‘jayev, 16) (6.Dilshod Rahmatullayev, 55), 70.Bilolxon Toshmirzayev (8.San’at Shixov, 55), 77.Murod Xolmuhammedov (s).
Zaxira: 1.Muzaffar Abdullayev, 9.Andrey Sidorov, 20.Murodjon Komilov, 22.Sardor Yetovqo‘ziyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. 7 ta gol urilgan o‘yinda g‘alaba qozongan "Paxtakor" "Nasaf"ga yetib oldi