Coca-Cola Superliganing 22-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" - "Nasaf" (1:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O‘yin haqida
- Bugungi raqibimiz har tomonlama kuchli va tajribali jamoa edi. Qolaversa, ularning maydonida o‘ynadik. Mezbonlar chuqur himoyalanishdi va bu bizga yetarlicha qiyinchilik tug‘dirdi. Juda muhim uchrashuv edi va yigitlar shunga mos harakat qilishdi.
Birinchi bo‘limda mezbonlar futbolchisi birga-bir vaziyatga chiqib borgandi, darvozabonimiz bartaraf etishga erishdi. Agar bu vaziyat gol bilan yakunlanganida biz uchun yanada qiyin bo‘lardi. Ikkinchi bo‘limda katta kuch bilan hujumga o‘tdik. Yuqorida aytdim, bizga g‘alaba zarur edi. Muhim 3 ochkoni kuchli raqib maydonida qo‘lga kiritdik.
- Legioner futbolchi Lima Kruz bugun chempionlik golini kiritdi deb hisoblaysizmi?
- Ko‘rayotgan bo‘lsangizlar, Lima oxirgi o‘yinlarda juda yaxshi harakat qilayapti. Balki kam gol urayotgandir, ammo raqiblarga bosim qilayapti, kurashlarda faol va jamoamizga katta foydasi tegayapti. Chempionlik goli haqida hozir oldinda o‘yinlar bor, lekin u bugun jamoamiz uchun o‘ta muhim golni kiritdi.
- Bugun G‘olib G‘aybullayev oldinga chiqib o‘ynadi. U aynan Umar Eshmurodovning o‘rnida harakat qildi. Bunga sabab nima?
- Alibek Davronov yo‘qligi tufayli biz G‘olib G‘aybullayevni o‘sha chiziqda o‘ynatdik. Ko‘proq oldinga chiqishining sababi vaziyat shuni taqozo qildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin