1 317
Mirjalol Qosimov: "Maqsadimiz Osiyo Chempionlar ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritish hisoblanadi"
Coca Cola Superligasi 22-turi doirasidagi "Bunyodkor" – AGMK uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O‘yin haqida
— Bugungi o‘yin biz uchun juda kerakli edi. Hali hech narsa yo‘qotilmagan, qolaversa, uchrashuv biz xohlagandek o‘tdi va bahs davomida "Bunyodkor"ga imkoniyat qoldirmadik hamda muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdik, negaki, maqsadimiz Osiyo Chempionlar ligasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritish hisoblanadi. Hali oldimizda to‘rtta o‘yin bor. Shogirdlarim bugun ko‘ngildagidek harakat qildi, to‘pni nazorat qildi, qolaversa, yaxshi kombinatsiyalar tashkil etishdi. Uchrashuv boshida to‘p kiritdik. Ikkinchi bo‘limda ham bir qancha imkoniyatlarga ega bo‘ldik va ulardan foydalanishimiz lozim edi. Afsuski, ularning barchasini golga aylantira olmadik. Avvalgi bahslarda ham vaziyatlar yaratib, gol urishda muammolarga duch keldik. Biroq bugun muhim bo‘lgan uch ochko sohibiga aylandik. Yigitlarga, shuningdek, bizga dalda bo‘lib turgan muxlislarga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.
— Muhammadanas Hasanov haqida qanday fikrdasiz, chunki u o‘tgan yili "Qo‘qon-1912" safida standartlarni yaxshi ijro etardi, ammo poytaxtga kelib, raqobatga moslasha olmayotganday tuyulmoqda...
— Raqobatsiz futbol yaxshilikka olib kelmaydi. Muhammadanas mashg‘ulotlarda ham yaxshi harakat qilmoqda. Lekin o‘yinlar qanday tarzda kechishini bilib bo‘lmaydi. Masalan, birinchi bo‘limda Mirahmadovning o‘yini qovushmadi, shu bois, tanaffusni uni almashtirdim. Faqat o‘z ustida ishlash kerak, boshqa yo‘li yo‘q. Hasanovga e’tirozim yo‘q, u sidqidildan harakat qilmoqda. Hamma narsani vaqt ko‘rsatadi.
— Superligada rotatsiyaning eng yaxshi ko‘radigan murabbiylardan biri hisoblanasiz. Biroq Xurshid G‘iyosov asosiy tarkibda doimiy maydonga tushadi. Bugun ba’zi vaziyatlarda xatoga yo‘l qo‘ydi. Unga doimiy o‘yin amaliyoti berilishi o‘yin uslubingizga mos tushishidanmi yoki boshqa sabab bormi?
— G‘iyosov to‘p bilan yaxshi muomala qila oladi. Nafaqat, Xurshid, balki qo‘l ostimdagi barcha futbolchilarga asosiy tarkib kafolatlanmagan. Biroq u sheriklari bilan bir-birini yaxshi tushunadi. O‘yin davomida o‘zgacha uslubda harakat qilib, jamoaga foydasi tegadi. Uning o‘ziga ham aytdim, Xurshidning o‘yinida pasayish bor. Lekin bu oddiy hol. Chunki futbolchilarimizni raqib jamoa ham o‘rganadi. Bu ham sabablardan biri bo‘lishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin