23:03 / 19.10.2022
1 412

"Qizilqum" bosh murabbiyi: "Superligadagi kuchli jamoaga mag‘lub bo‘ldik"

"Qizilqum" bosh murabbiyi: "Superligadagi kuchli jamoaga mag‘lub bo‘ldik"
“Qizilqum” – “Nasaf” (1:2) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin navoiyliklar bosh murabbiyi Nikola Lazarevich matbuot anjumanida qatnashdi.

- “Nasaf”ni g‘alaba bilan tabriklamoqchiman. Fikrimcha, biz Superligadagi eng kuchli jamoaga mag‘lub bo‘ldik. “Nasaf” jamoasini qishda Turkiyadagi yig‘inda ham ko‘rgandim. O‘shanda o‘yinlarini kuzatgandik. Yaxshi taassurot qoldirgan. O‘shandayoq “Nasaf”ni chempionlikka asosiy da’vogarlardan biri deb aytgandim. Keyingi o‘yinlarda ham ularga omad tilayman. Balki chempionlikni qo‘lga kiritishar. Osiyo Chempionlar ligasida ham “Nasaf”ga omad tilayman. Bugungi o‘yin qiyin kechdi. Maydonda bir kishi bo‘lib kurashish ham yanada qiyin.

Ammo jamoamiz munosib qarshilik ko‘rsatdi. Biz yaxshi natijani xohlagandik. Maydonda kamchilik bo‘lib qolganimizda ham hisobni tenglashtira oldik. O‘yindan oldin ham raqib jamoani to‘p bilan yaxshi muomala qilishini bilardik. Qarshi hujumlarda ularni jazolash harakatida bo‘ldik. Lekin yaratilgan imkoniyatdan foydalana olmadik, “Nasaf” ham o‘z imkoniyatidan gol urib ketdi. Albatta, xatoimiz evaziga gol o‘tkazib yubordik. Muvozanatni saqlay olmadik. Bu juda alamli.

Jamoamizda tartib-intizom yaxshi. Ammo chetlatilishlar haqida izoh bermoqchi emasman. Albatta, Temurxo‘ja Abduholiqov, Aleksandr Stanislavlevich, Aziz Usmonovlar yordam bera olmadilar. Biz oxirigacha harakat qildik.

Darvozabonlarga kelsak, Javohir Ilyosov ham yaxshi holatda. Bugungi uchrashuvda ham u bir qator vaziyatlarda jamoani gollardan saqladi. Ignatiy Nesterovning zaxirada qolganiga jiddiy sabab yo‘q, shunchaki, Ilyosov ham yomon taassurot qoldirmayapti. Nesterovni zaxirada qoldirish bu bizning qarorimiz.

Komolafeni zaxiraga olinishi bu taktik o‘zgarish bilan bog‘liq edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Qizilqum" bosh murabbiyi: "Superligadagi kuchli jamoaga mag‘lub bo‘ldik"