«Barselona» bir kishi kam bo‘lib qolgan «Betis»ni mag‘lubiyatga uchratdi


Ispaniya chempionati 36-turida «Betis» va «Barselona» o‘rtasida kechgan bahs ancha asabbuzarliklarga boy bo‘ldi. Bu haqda "Uff.uz" xabar bermoqda.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida «Betis» futbolchisi Vestermann etti daqiqa ichida ikki marta ogohlantirish oldi va maydondan chetlatildi. Ammo kataloniyaliklar bir kishi ko‘p bo‘lib qolgan bo‘lsalarda, uchrashuvda ancha qiyinchiliklarga duch keldilar. Faqat ikkinchi bo‘limning 50-daqiqasida Rakitich hisobni ochgach, «Barselona» ustunlikni rivojlantirishga muvaffaq bo‘ldi.
81-daqiqada Luis Suares jamoasining ikkinchi golini kiritib, o‘yindagi ustunlikni oshirdi. Shu tariqa «Barselona» muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…