
BAAning Abu-Dabi shahrida dzyudo boʻyicha oʻtkazilayotgan “Katta dubulgʻa” turnirida ishtirok etgan Diyora Keldiyorova -52 kg vazn toifasida kumush medalga sazovor boʻldi. Bu haqda respublika Milliy olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Sportchi finalda frantsiyalik Astrid Gnetoga qarshi bahs olib bordi. Bellashuvda evropalik dzyudochining qoʻli baland keldi. Bu Keldiyorova uchun “Katta dubulgʻa” turnirlaridagi toʻrtinchi medal boʻldi.
Ushbu natija orqali Diyora jahon reytingi uchun 700, Parij-2024 Olimpiadasi yoʻlida 350 ochkoni oʻz hisobiga yozib qoʻydi.
Turnirda -73 kg vazn toifasida bahs olib borgan buxorolik sportchi Shahram Ahadov bronza medalini qoʻlga kiritdi. Uchinchi oʻrin uchun kechgan bahsda Ahadov moldovalik Petru Pelivanni magʻlub etishga 38 soniya sarfladi.

Shaxram Axadov
Ikkinchi bronza medali uchun kurashgan Obidxon Noʻmonov ispaniyalik Salvador Rokaga imkoniyatni boy berdi.
21 oktyabr kuni boshlangan xalqaro turnirda Oʻzbekiston sharafini 9 nafar sportchi himoya qilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!