Vadim Abramov: "Keyingi o‘yinda himoyachisiz o‘ynaymiz shekilli"

Superliganing 23-turidan o‘rin olgan AGMK - "Dinamo" (4:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov o‘z fikrlarini bildirdi.
O‘yin haqida
Qisqasini aytadigan bo‘lsak - juda yomon o‘ynayapmiz. Muammolarimizni bilamiz, himoyada bironta himoyachi yo‘q edi. Afsuski, qaydnomada atigi bir nafar markaziy himoyachi bor edi. U ham bugun maydonga tushmadi. O‘ng qanot himoyachimiz bugun o‘yin davomida jarohat oldi. Keyingi o‘yinda umuman himoyachilarsiz o‘ynaymiz shekilli.
- Bugun "Dinamo" Superligada qolish imkoniyatlarini butkul yo‘qotdi. Pro ligada ham ishlaysizmi?
- Chempionatni oxirgacha tugatib olaylik, keyin barchasini muhokama qilib olamiz.
- Agar rahbariyat Pro ligadan jamoani Superligaga olib chiqishni taklif qilsa...
- Hozir bu haqda gapirishga erta. Mavsum to‘liq yakunlansin, keyin gaplashib olamiz. Ma’lum kelishuvlar bor, bu haqda o‘ylab ko‘ramiz, hammasini vaqt ko‘rsatadi.

Izohlar 0
…