Superliga 23-turidan keyin barchaning e’tibori 30 oktabr kuni Buxoro shahrida "Nasaf" va "Navbahor" ishtirokida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston kubogi finaliga qaratiladi.
Mezbon
30-bor o‘tkazilayotgan O‘zbekiston kubogining hal qiluvchi bahsini birinchi marta Buxoro shahri qabul qilyapti. Oldingi 29 finalning 18tasi “Paxtakor”, 3tasi “Dinamo”, 2tasi MHSK o‘yingohida o‘tgan. OKMK (Olmaliq), “So‘g‘diyona” (Jizzax), “Istiqlol” (Farg‘ona), “Markaziy” (Namangan), “Bunyodkor” va “Lokomotiv” (Toshkent) stadionlari esa 1 martadan musobaqaning yakunlovchi o‘yiniga mezbonlik qilgan.
“Nasaf”
Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari turnirning amaldagi g‘olibi hisoblanadi. Mazkur jamoa Osiyo Chempionlar Ligasida o‘ynash huquqini qo‘lga kiritgani tufayli mamlakat kubogidagi yurishini 1/8 finaldan boshladi.
Ya’ni “ajdarlar” final ostonasiga qadar 3 ta jamoani musobaqadan chiqarib yubordi:
Nimchorak final. “Surxon” 1:2 “Nasaf”;
Chorak final. “Nasaf” 1:0 “Lokomotiv”;
Yarim final. “Nasaf” 2:1 AGMK.
E’tiborli jihati, Qashqadaryo klubining finalga qadar yetib kelishida himoyachilarning hissasi katta. Nasafning musobaqadagi gollariga Husniddin Aliqulov (2ta), G‘olib G‘aybullayev, Alibek Davronov hamda Sharof Muhitdinov mualliflik qilgan.
“Navbahor”
Samvel Babayan shogirdlari esa 24 yillik tanaffusdan keyin finalda o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdi. Turnirdagi ishtirokini “o‘lim guruhi”da boshlagan “lochinlar” “Neftchi”, “Qizilqum” va “Dinamo” joylashgan kvartetdan 100 foizlik natija bilan chiqishdi.
Pley-offda esa “Olimpik”, “Paxtakor” va “So‘g‘diyona” navbati bilan taslim qilindi. Namanganliklarning musobaqadagi to‘purari Jamshid Iskanderov hisoblanadi. Xorazmlik futbolchining hisobida 4ta gol bor.
Babayan “Navbahor”da ham tartibli himoyaga alohida urg‘u beryapti. Uning shogirdlari finalga qadar o‘tkazilgan 6 o‘yinda faqat 1 marta to‘p o‘tkazib yuborishdi.
Xulosa
Buxorodagi to‘qnashuvda gollar shousi bo‘lmasa kerak. Final murabbiylar o‘rtasidagi “shaxmat partiyasi”ga aylanib ketish ehtimoli bor. Jamoalarning Superligadagi 2 o‘yinida bor-yo‘g‘i bitta gol urilgan edi. 30 oktabr kuni ham himoyada xato qilmaslik vazifasi birinchi o‘rinda tursa kerak.
Xullas, oldimizda gollar kam, kurashlar ko‘p bo‘ladigan haqiqiy final turibdi. Sizningcha, kubok kimniki bo‘ladi?
Muallif: Faxriddin Ro‘ziyev
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi