
Professional boksning og‘ir vazn toifasida o‘z janglarini o‘tkazayotgan, Tokio Olimpiadasi chempioni Bahodir Jalolovning navbatdagi raqibiga oydinlik kiritildi. Avvalroq, yurtdoshimiz AQSH vakili Kurtis Xarperga (14-8,9KO) qarshi jang qilishi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.
Sports.uz sayti bunga yanada aniqlik kiritish maqsadida Jalolovning promouteri Lou DiBella bilan bog‘langanida, u ham buni tasdiqladi.
"Ha. Biz boshqa yaxshiroq raqiblarga ham harakat qildik. Ularning ko‘pchiligi jangni rad etdi. Xarper qabul qilganlarning (Xarper, Kasumano, Aguilera) ichida eng yaxshisi edi. Xarperning hali mag‘lub bo‘lmagan, germaniyalik Kristian Sunga qarshi jangdagi g‘alabasi ham ajoyib bo‘lgan edi", - dedi DiBella saytimiz xodimi bilan suhbatda.

Bahodir JalolovTokio OlimpiadasiOg‘ir VaznPromouter Lou DiBellaKurtis XarperJang Ma’lumotlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar