18:17 / 01.11.2022
1 263

Boks OCH—2022. Abdumalik Halokov va Ruslan Abdullayev raqiblarini mag‘lub etib, keyingi bosqichga chiqdi

Boks OCH—2022. Abdumalik Halokov va Ruslan Abdullayev raqiblarini mag‘lub etib, keyingi bosqichga chiqdi
Abdumalik Halokov
Foto: Boks federatsiyasi matbuot xizmati

Iordaniyaning Amman shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati start oldi. 1 noyabr kungi bahslarda ikki nafar bokschi ringga ko‘tarildi.

- 57 kg vazn toifasida harakat qilayotgan Abdumalik Halokov dastlabki bosqichda Tailand vakili Saravuyt Suktetga to‘qnash keldi. Unda Halokov 3:2 hisobidagi qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi.

- 63,5 kg vazn toifasi vakili Ruslan Abdullayev esa yaponiyalik Shunsuke Kitamoto bilan bahs yuritdi. O‘zbekistonlik bokschi raqibiga hech qanday imkon qoldirmadi, Ruslan ikkinchi raundda Yaponiya vakilini nokdaun holatiga tushirishga ham erishdi.

Shu tariqa Halokov va Abdullayev Osiyo chempionatining keyingi bosqichiga yo‘l oldi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi musobaqaga 13 nafar bokschi bilan tashrif buyurgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Boks OCH—2022. Abdumalik Halokov va Ruslan Abdullayev raqiblarini mag‘lub etib, keyingi bosqichga chiqdi