
“Barselona” klubi mutasaddilari hujumkor futbolchi Usmon Dembele o‘rniga boshqa o‘yinchi qidira boshladi.
Fransiyalik futbolchi o‘tgan yozda klub bilan yangi shartnoma tuzgandi. Biroq, unga katta grandlardan ko‘p taklif bo‘lyapti. Dembelening bitimida uni olmoqchi bo‘lgan klub 50 million yevro to‘lashi belgilangan.
Har qanday katta klub uchun bu u qadar katta xarajat emas. Xavi Ernandes jamoaning asosiy o‘yinchisi o‘rnini “Vilyarreal” vakili Nikolas Jekson bilan to‘ldirishga tayyor.
21 yoshli Jeksonning “Vilyarreal” bilan kelishuvi mavsum oxirida tugaydi. Kataloniyaliklar yanvar oyida u bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishib olmoqchi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.