1 092
"Qanday o‘yin ko‘rsatishimizni 3 noyabrda ko‘rasizlar". "Loko" darvozaboni nimalarni aytdi?
Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi qiyin vaziyatga tushib qolgan. Chempionat tugashiga uchta tur qolganida “Temiryo‘lchilar” Superligin tark etish xavfi ostida turibdi. Klub ko‘plab o‘yinlarda raqiblariga ochkolarni ulashib yubordi Oqibatda o‘zi mana shunday og‘ir ahvolda qoldi.
Endi qolgan uchta bahsda maksimal ochko to‘plashi kerak. 3 noyabr kuni “Loko” o‘z maydonida chempionlik uchun kurashayotgan “Navbahor”ni qabul qiladi. Jamoaning asosiy darvozboni Abdumavlon Abdujalilov bo‘lajak muhim uchrashuv oldidan intervyu uchun vaqt ajratdi.
“Finaldagi natija o‘yinga mos bo‘ldi”
- Kubok finalini boshidan oxirigacha ko‘rdim. Fikrimcha, birinchi bo‘limda “Nasaf” kuchliroq o‘ynadi. Ikkinchi bo‘limda “Navbahor” ko‘proq tashabbusni qo‘liga oldi. Shundan kelib chiqib asosiy vaqtda 1:1 bo‘ldi. Qo‘shimcha vaqtda asosan bitta golgacha o‘yin bo‘ldi. Umumiy o‘yinni oladigan bo‘lsak, bellashuvdan avval “Nasaf” jamoasining g‘alabasini o‘ylagandim. Sababi, ular bu yil juda zo‘r o‘yin ko‘rsatishyapti. Haqiqatan chiroyli futbol o‘ynashyapti. Menimcha, finaldagi natijani o‘yinga mos bo‘ldi, deb o‘ylayman.
“Bu biz uchun ham, “Navbahor” uchun ham muhim”
- To‘g‘ri, “Navbahor” bor kuchini chempionatga qaratadi. Navbatdagi to‘qnashuv biz uchun ham, “Navbahor” uchun ham juda muhim. Qiziqarli uchrashuv bo‘ladi, deb o‘ylayman. Kubok finali 30 oktabrda o‘tkazilgan bo‘lsa, 3 noyabrgacha “Navbahor” futbolchilari to‘liq tiklanib olsa kerak. Biz ham bor kuchimizni berib o‘ynaymiz. “Navbahor”ni kuchli raqib ekanini va bizning hozirgi vaziyatimizni hisobga olsak, juda shiddatli bahs bo‘ladi.
“Murabbiylar tomonidan reja tuzib chiqildi”
- To‘g‘ri ta’kidlab o‘tdingiz, bu yil “Lokomotiv” bilan “Navbahor” ikki xil yo‘nalishda turishibdi. Turnir jadvalidagi vaziyat ham ikki xil. Lekin shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, “Lokomotiv” boshqa futbol, “Navbahor” esa boshqa futbol o‘ynaydi. Ya’ni, ularni uslubi boshqacha. Qanaqa o‘yin ko‘rsatishimizni 3 noyabrda ko‘rasizlar. O‘yindan oldin bu haqida gapirish joiz emas. “Navbahor”ga qarshi tayyorgarlik ko‘ryapmiz, raqibning o‘yinlarini kuzatyapmiz. Shunga yarasha murabbiylar tomonidan reja tuzib chiqildi. Bizni ishimiz o‘sha rejani amalga oshirish.
“Jamoani Superligada olib qolish uchun harakat qilamiz”
- Bugungi kunga kelib shunaqa vaziyat bo‘ldiki, murabbiylar o‘zgartirildi. Birinchi navbatda bu ijobiy tomonga o‘zgarishini maqsad qilib amalga oshirilgan ish. Ishlab ketgan murabbiylar haqida gapirish to‘g‘ri emas. Boshida Korostichenko ishladi, keyin Jeparov. Kim kelgan bo‘lsa ham jamoaga yordam bermoqchi bo‘ldi. Jeparov ham qo‘lidan kelganicha harakat qildi. Qayerdadir omad kelmadi, qayerdadir o‘xshamadi. Bu – futbol. Hech kim hech kimdan xafa bo‘lmadi. Yigitlar qo‘llaridan kelganicha o‘ynashyapti. Vaziyat shunaqaki, albatta kayfiyat birinchi o‘rinda.
Shunaqa kayfiyatga tushib qolganidan keyin undan chiqib ketish qiyin bo‘ladi. Jamoani Superligada olib qolish uchun harakat qilyapmiz. Murabbiylar bekordan-bekorga o‘zgartirilmaydi. Jamoa o‘yini o‘xshamayaptimi, murabbiyni yangilab, yangi qon, kayfiyatni o‘zgartirishga harakat qilinadi. Bu o‘zgarishlar samarasini beradi, degan umiddamiz. “Paxtakor” bilan ikkinchi bo‘limda yomon o‘ynamadik. Bizga imkoniyatlardan foydalanishda omad yetishmadi. Himoyada xatosiz o‘ynash ham yetishmadi.
“Navbahor”dagi asosiy futbolchi – bu Jamshid Iskanderov”
- “Navbahor”da eng asosiy futbolchi – bu Jamshid Iskanderov. U boshqa darajadagi o‘yinchi. Superligadagi o‘yinchilarning aksariyatidan farq qiladi. Unda kreativlik kuchli. Qisqa qilib aytganda, “Navbahor”da Iskanderov eng xavfli futbolchi. Uning paslari, zarbalari, standartlardan to‘p uzatishlari ajoyib. Hujumda bo‘yi baland hujumchilari bor va shularni ham hisobga olish kerak.
“Lokomotiv” hech qachon taslim bo‘lmaydi”
- Hamma jamoaga qarshi o‘ynasa bo‘ladi. Buni boshqa jamoalar namanganliklardan ochko olish va ularni yutish mumkinligini ham ko‘rsatishdi. O‘sha kuni aynan qaysi jamoa kuchli bo‘lsa, o‘sha klub g‘alaba qozonadi. O‘ylaymanki, qolgan uchrashuvlarni yutib, vaziyatdan chiqib ketishimiz real imkoniyat deb hisoblayman. Bunga ishonmaganimizda allaqachon barchamiz qo‘lni tushirib o‘ynamay qo‘ygan bo‘lardik. Lekin hozir hamma harakat qilyapti. O‘zingiz aytganingizdek, “Lokomotiv” hech qachon taslim bo‘lmaydi. Oxirigacha kurashamiz. Qolgan raqiblar bilan ham o‘ynasa bo‘ladi. Masalan, “So‘g‘diyona” hozir oldingidek holatida emas. O‘zimizda “Metallurg” bilan ham bemalol kurashamiz. Bu hali oxiri degani emas. Qiyin vaziyatda jamoani olib chiqib ketish o‘z qo‘limizda.
“Loko”da moliyaviy muammolar yo‘q”
- Agar jamoamizda muammo nimadaligini bilganimizda, buni allaqachon o‘zgartirib, ijobiy natijaga erishgan bo‘lardik. Lekin “Lokomotiv”da hozirga kelib moliyaviy muammolar yo‘q. Fikrimcha, jamoamizning bu joyga yetib kelishi bitta sabab bilan bog‘liq emas. Hozirgi turgan joyimiz bir necha marta qilingan noto‘g‘ri ishlar orqali bo‘lgan. Aytganimdek, aynan nima noto‘g‘ri bo‘lganini bilganimizda buni to‘g‘rilab, ijobiy natijaga erishib, turnir jadvalida hozirgi o‘rinda bo‘lmasdik. Kimnidir ayblash noo‘rin. Hamma qo‘lidan kelganini qilyapti. Buni sabablarini bilish uchun vaqt ketsa kerak. Baribir chempionat tugaganidan keyin tahlil qilinadi. Xudo xohlasa, “Lokomotiv”ni Superligada saqlab qolib, yaxshi kayfiyatda tahlil qilsak maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Shuhratbek Jo‘rayev.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi