22:26 / 05.11.2022
2 004

O‘zbekiston milliy jamoasi 20 noyabrda Rossiyaga qarshi o‘ynaydi

O‘zbekiston milliy jamoasi 20 noyabrda Rossiyaga qarshi o‘ynaydi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi nihoyat Rossiya milliy jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazilishini tasdiqladi.

«O‘zbekiston milliy jamoasi 13 noyabr kuni Toshkentda navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga kirishadi. Yig‘in doirasida jamoamiz ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Dastlabki o‘yin 16 noyabr sanasida Qozog‘iston milliy jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgandik. Shuningdek, Srechko Katanes shogirdlarining 20 noyabr kungi raqibi ham ma’lum. Futbolchilarimiz Rossiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadilar. Uchrashuv «Paxtakor» stadionida soat 17:00da start oladi
», - deyiladi O‘FA xabarida.

Avvalroq, Rossiya milliy jamoasining 19 noyabr kuni Sankt-Peterburgda o‘tkazilishi belgilangan Bosniya va Gersegovinaga qarshi o‘rtoqlik bahsi bosniyaliklar safidagi Edin Jeko, Miralem Pyanich va yana bir qator o‘yinchilarning Rossiya bilan o‘rtoqlik o‘yinidan bosh tortgani sabab bekor bo‘lgandi. Ko‘p o‘tmay, rus nashrlari Rossiya O‘zbekiston bilan o‘ynash taklifi bilan chiqqani, tomonlarning bu boradagi muzokaralari ancha vaqt to‘xtab qolgani, ammo hozirga kelib tashkilotchilar kelishuvga erishishga yaqinligi haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Srechko Katanes murabbiyligidagi O‘zbekiston milliy jamoasi 16 noyabr kuni Qozog‘iston milliy jamoasiga qarshi xalqaro o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etadi. Uchrashuv 16 noyabr kuni soat 18:00 da «Paxtakor» stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Rossiya milliy jamoasi esa 17 noyabr kuni Dushanbeda Tojikistonga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston milliy jamoasi 20 noyabrda Rossiyaga qarshi o‘ynaydi