O‘zbekiston Superligasi 25-turidan o‘rin olgan "Surxon" - "Dinamo" uchrashuvi nihoyasiga yetdi. Unda nominal mehmonlar yirik 4:1 hisobida zafar quchdi.
"Arslonlar" safida uch golni Marat Bikmayev, yana birini Abdujamol Isroilov kiritdi. Bu gollarga termizliklardan Sanches penaltidan unumli foydalanib, bitta gol bilan javob qaytardi.
Bellashuvdan so‘ng samarqandliklar ustozi Vadim Abramov ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Quyida uning fikrlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin:
- Birinchi taymda omadimiz keldi. Yaratilgan vaziyatlardan foydalandik. Afsuski, hattoki 4:0 hisobida yutib turgan joyimizda ham darvozamizga penalti belgilandi. Hisob jamoaning darajasini belgilamaydi. Shunday bo‘lsa-da, biz sifatli futbol namoyish etdik desam bo‘ladi.
- "Dinamo" nima uchun bu qadar kech uyg‘ondi?
- Ancha vaqtdan beri ilk bor, chetlatishlar va jarohatlarsiz o‘ynadik va butun jamoa yig‘ildi. Afsuski, klub bilan shunday holat yuz berdi. Bizda markaziy himoyachilar yetishmovchiligi bo‘ldi.
- Abramov Pro-ligada ham jamoani boshqaradimi?
- Bu menga bog‘liq emas. Hammasi rahbariyatga bog‘liq. Ko‘ramiz, hozircha hozir bir narsa deyish qiyin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi