
Foto: «OKMK»
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 25-turidan o‘rin olgan qator uchrashuvlar 7 noyabr, dushanba kuni bo‘lib o‘tdi.
«OKMK» o‘z uyida «Olimpik»ni qabul qildi. O‘yinning 21-daqiqasida Martin Boake olmaliklarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay Xurshid G‘iyosov jamoasining ikkinchi golini urdi.
Ikkinchi bo‘lim debyutida Boake dubl qayd etib, hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Oradan ko‘p o‘tmay Doston Tursunovning avtogolidan keyin hisob yana-da yiriklashdi. 74-daqiqada Shohruh Gadoyev mezbonlarning 5-golini urdi. O‘yin so‘ngida Mirjahon Mirahmadov yakuniy hisobni o‘rnatdi — 6:0.
«So‘g‘diyona» o‘z uyida «Lokomotiv»ni qabul qildi. Uchrashuvda 2:2 hisobidagi jangovar durang qayd etildi.
«Qo‘qon-1912» va «Bunyodkor» jamoalari o‘rtasidagi bahsda toshkentliklar Umarali Rahmonaliyevning goli evaziga g‘alabani ilib ketdi.
«OKMK» — «Olimpik» 6:0
Gollar: 1:0 – 21 Boake, 2:0 – 27 G‘iyosov, 3:0 – 57 Boake, 4:0 – 60, avtogol Tursunov, 5:0 – 74 Gadoyev, 6:0 – 90 Mirahmadov.
«So‘g‘diyona» — «Lokomotiv» 2:2
Gollar: 0:1 – 2 Etame, 1:1 – 6 Norxonov, 2:1 – 21 Hasanov, 2:2 – 40 Jumaboyev.
«Qo‘qon-1912» — «Bunyodkor» 0:1
Gol: 0:1 – 81 Rahmonaliyev. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar