23:13 / 11.11.2022
1 392

Karatechilar Moskvada 13ta oltin medalga ega chiqib, jahon chempionatiga yo‘llanma olishdi

Karatechilar Moskvada 13ta oltin medalga ega chiqib, jahon chempionatiga yo‘llanma olishdi
Foto: Karate federatsiyasi
Joriy yilning 4-5 noyabr kunlari Rossiya poytaxti Moskvada Kosiki karate bo‘yicha ikkinchi jahon chempionati va Syogun kubogi-2022 bahslari bo‘lib o‘tdi.

Quvonarlisi, ushbu turnirda yurtimiz sharafini himoya qilgan Toshkent shahar fudokan karate-do federatsiyasi o‘nlab mamlakatlar o‘rtasida yaqqol ustunlikni ko‘rsatdi.

Federatsiya terma jamoasi yakkakurashlar va jamoaviy kurashlar bo‘yicha 13ta oltin, 12ta kumush va 4ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, yakunda umumjamoalar o‘rtasida birinchi o‘rinni egalladi. Bu natija bilan esa vakillarimiz 2023 yil Yaponiya poytaxti Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmaga ega bo‘lishdi.


Moskvadan medallar shodasi va mutlaq g‘oliblik bilan qaytgan chempionlarimiz kuni kecha Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda tantanali kutib olindi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Karatechilar Moskvada 13ta oltin medalga ega chiqib, jahon chempionatiga yo‘llanma olishdi