Foto: Paxtakor
Yil davomida muxlislarga gohida cheksiz quvonch, gohida esa alamli damlarni taqdim etgan Superliga-2022 bahslariga bugun yakun yasaladi. Shanba kuni mamlakatimizdagi 7ta stadionda o‘tadigan so‘nggi tur o‘yinlaridan keyin mamlakat chempioni, sovrindorlari va ligani tark etadigan omadsiz chipta sohiblari rasman ma’lum bo‘ladi. Yil davomidagi intriga bugun avjiga chiqadi – chempionlik taqdiriga nihoyat oydinlik kiritiladi. Bosh sovrin Toshkentda qoladimi, Namangan yoki Qarshiga yo‘l oladimi soat 19:00da bilib olamiz.
Superligada so‘nggi marta qachon hozirgidek chempionlik intrigasi paydo bo‘lganini eng tajribali muxlislar ham eslashi qiyin. Sababi oxirgi 10 yillikni olsak ham O‘zbekiston chempioni nomi odatda kamida uch tur oldin aniqlangan bo‘lardi. Bu mavsum esa «Paxtakor», «Bunyodkor», «Lokomotiv»ning oltin davrlari bilan o‘tgan Toshkent klublarining 21 yillik hukmronligiga nihoyat barham berilishi mumkin. Avvaldan taxmin qilinganidek, bu masala «Bunyodkor», «Olimpik» yoki OKMKga bog‘liq bo‘lishi hech gap emas.
Chempionlik masalasi «Bunyodkor» va «Paxtakor» o‘rtasidagi uchrashuvda hal bo‘lishi ehtimoli yuqori. Maksim Shatskix shogirdlari «Nasaf»ning o‘tgan turda ochko yo‘qotishidan foydalanib, peshqadamga aylanib olishdi. «Bunyodkor» mag‘lub etilsa, «sherlar» amaldagi chempionlikni o‘zlarida saqlab qolishadi. Chempionlik masalasi «Paxtakor»ning o‘z qo‘lida. Birgina g‘alaba «Paxtakor» libosidagi yulduzchalari sonini 3taga yetkazadi. Shundan ham o‘yinning qadri qanchalik yuqori ekani anglash mumkin.
«Nasaf» muxlislari uchun esa bugun jamoaning sobiq a’zosi, klub safida OFK kubogi g‘olibiga aylangan Ivan Boshkovich yana qahramonga aylanishi mumkin. Chernogoriyalik mutaxassis «Bunyodkor» bosh murabbiyi sifatida muvaffaqiyatli odimini davom ettirmoqda. U 10 yil avval «Nasaf» bilan erishmagan chempionligini bugun sobiq jamoasiga olib berish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Qolaversa, Namangandagi o‘yinning natijasi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Foto: Paxtakor
«Nasaf» esa grandlar dodini berayotgan «Olimpik»ga qarshi saf tortadi. Temur Kapadze bu mavsum na Babayan, na Shatskix, na Berdiyevga yutqazdi. «Olimpik» chempionlikka da’vogar uch klubdan ham ochko tortib olishga erishgan yagona jamoa bo‘ldi. Ro‘ziqul Berdiyev «Neftchi»ga qarshi alamli mag‘lubiyatdan so‘ng nihoyat bu raqibni mag‘lub etishga urinadi. Ammo asosini «Paxtakor» tarbiyalanuvchilari tashkil etadigan «Olimpik» mavsumni «Paxtakor» stadionida boshni egik holda yakunlashni istamasligi aniq.
PFL bugun chempionlik kubogini Toshkentdan tashqari Namanganga ham yuborgani bejizga emas. «Navbahor» poytaxtdagi o‘yinlardan qat’i nazar, OKMKni mag‘lub etish uchun maydonga tushadi. Sababi «lochinlar»da 26 yillik tanaffusdan keyin chempionlikni boshi uzra ko‘tarish imkoniyati bor. Mirjalol Qosimov birinchi davradagi Olmaliqda uchralgan mag‘lubiyat uchun Samvel Babayan jamoasidan revansh olish o‘tida yonayotgani aniq. OCHL yo‘llanmasini naqd qilgan bu klublar o‘rtasidagi bahs ham «yonishi» aniq. Namanganda bayram bo‘lishi uchun Toshkentdagi «Jar» o‘yingohida qanday natija qayd etilishi ham kuzatiladi.
Chempionlikdan tashqari, ligada qolish intrigasi ham so‘nggi turgacha davom etdi. Bugun Superligani tark etadigan ikkinchi jamoa «Lokomotiv» bo‘ladimi yoki «Qo‘qon-1912» buni liga bilan xayrlashishga ulgurgan «Dinamo» hal qilib beradi. O‘tgan turda «Surxon»ni yirik hisobda mag‘lub etgan samarqandliklar bugun Qo‘qon klubini mag‘lub etsa, «Lokomotiv» esa «Metallurg»dan ustun kelsa, «Dinamo» o‘zi bilan birga «Qo‘qon-1912» jamoasini ham Pro ligaga tortadi. «Lokomotiv» esa 12-o‘rin sohibi sifatida Pro liganing 3-jamoasiga qarshi o‘tish o‘yinida ishtirok etishi mumkin. Davron Fayziyev jamoasi kerakli natijaga erishgan taqdirda qo‘qonliklar ligada qolish uchun qo‘shnilari «Turon»ga qarshi saf tortadi. Tasavvur qiling, qo‘qonliklar sobiq ustozi Baxtiyor Ashurmatov – Davron Fayziyevga qarshi. Ikki jamoa uchun ham uy arenasi hisoblanadigan Yaypanda. Dahshat-a?!
Foto: QO‘QON-1912
Superliga. 26-tur.
12 noyabr, shanba
DINAMO — QO‘QON-1912
Hakamlar: Temur To‘xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov, Doston Rahmonov
Nazoratchi: Arslan Xotamov
Komissar: Vladimir Nazarov
BUNYODKOR — PAXTAKOR
Hakamlar: Ahrol Risqullayev, Husniddin Shodmonov, Shavkat Rahmatov, Sultonmurod Abdurahmonov
VAR hakami: Rahimbek Karimov
AVAR hakami: Andrey Sapenko
Nazoratchi: Marat Ismoilov
Komissar: Bekzod Aripov
NЕFTCHI — SURXON
Hakamlar: Ibrohim Ismoilov, Rishat Nugmanov, Daler Iskanderov, Akmal Rahimov
Nazoratchi: Ramil Shayaxmitov
Komissar: Ongar Jalimov
LOKOMOTIV — MЕTALLURG
Hakamlar: Rustam Nutfullin, Shohnur Yo‘ldoshev, Shohruh A’zamov, Jaloliddin Husniddinov
Nazoratchi: Zokir Qodirov
Komissar: Oybek Yunusov
OLIMPIK — NASAF
Hakamlar: Akobir Shukurullayev, Obid Jumayev, Jasur Rustamov, To‘rabek Suyunov
Nazoratchi: Ma’mur Saidqosimov
Komissar: Shohrux Said
NAVBAHOR — OKMK
Hakamlar: Vadim Agishev, Ruslan Serazitdinov, Baxtiyorxo‘ja Shavkatov, Xushnud Suyunboyev
VAR hakami: Aziz Asimov
VAR hakami: Temur Gaynullin
Nazoratchi: Rashid Aytekov
Komissar: Qudrat Madraimov
QIZILQUM — SO‘G‘DIYONA
Hakamlar: Husan Muzaffarov, Bektursin Kannazarov, Jalgasbay Sarsenov, Jahongir Noraliyev
Nazoratchi: Temur Abdullayev
Komissar: Jamshid Imomov.
Superliga so‘nggi 26-tur anonsi va turnir jadvalidagi vaziyat:
Usmon Ibodov
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi