21:44 / 12.11.2022
832

Ro‘ziqul Berdiyev: "Kubok qo‘lga kiritilganidan keyin futbolchilarda chempionatga bo‘lgan qiziqish pasayib qoldi"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Kubok qo‘lga kiritilganidan keyin futbolchilarda chempionatga bo‘lgan qiziqish pasayib qoldi"
Coca Cola Superligasi 26-turi doirasidagi "Olimpik" - "Nasaf" uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarini bildirdi.
- "Olimpik" bizdan yaxshiroq o‘ynadi va g‘alabaga erishdi. "Olimpik"ka qarshi ishtiyoqsiz futbol o‘ynab bo‘lmaydi.

- Birinchi bo‘lim boshida "Paxtakor"dagi natijani futbolchilar bilishdimi?
- Zaxirada o‘tirgan futbolchilar ba’zida natijadan boxabar bo‘lib turishdi. Biz o‘tgan o‘yinlardayoq imkoniyatni qo‘ldan chiqarib bo‘lgandik, shu sababli yigitlarni o‘yinga ruxan tayyorlash qiyin kechdi. Kubok qo‘lga kiritilganidan keyin futbolchilarda chempionatga bo‘lgan qiziqish pasayib qoldi. Buni "Neftchi", "Dinamo"ga qarshi o‘yinlarda ham barcha ko‘rdi. Shu sababli ishtiyoqsiz maydonga chiqib futbol o‘ynash juda og‘ir deb aytdim. Buni biz o‘yinlarda ko‘rsatib qo‘ydik.

- Mavsum haqida fikrlaringiz.
- Mavsumda biz uchun yoqimli onlar, g‘alabalar ko‘p bo‘ldi. Shu boisdan mavsum yomon o‘tmadi deya olaman. Uchta turnirda ishtirok etdik, ikkitasida kerakli natijani ko‘lga kiritdik, chempionatda esa medallarga sazovor bo‘ldik. Balki bu ham qoniqarlidir. Ammo futbolchilar, rahbariyat bilan gaplashganda muxlislarga chempionlikni taqdim qilishni juda ham istagandik. Afsuski biz o‘ylagandek bo‘lmadi.

- Mavsum yakunlanmasidan klub bir qancha futbolchilarini sotib yuborgani haqida eshitdik. "Chemodan kayfiyati"da yurgan futbolchilarning kayfiyati chempionlik uchun ta’sir qildimi?
- Bu haqida bilmadim. Menga hech kim ma’lumot bergani yo‘q. Transferlar bo‘layotganini eshitdim, ammo aynan kimlar sotib yuborilganini eshitganim yo‘q. Agar klub qarzlarni yopish yoki boshqa kamchiliklarni to‘ldirmoqchi bo‘lsa, sotib yuborishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: "Kubok qo‘lga kiritilganidan keyin futbolchilarda chempionatga bo‘lgan qiziqish pasayib qoldi"