22:33 / 16.11.2022
1 450

Prezident qarori bilan kibersport rasman alohida sport turi etib belgilandi

Prezident qarori bilan kibersport rasman alohida sport turi etib belgilandi
Prezidentning «Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Hujjat matni O‘zAda e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, O‘zbekistonda kibersport rasman alohida sport turi sifatida e’tirof etiladigan bo‘ldi. Shuningdek, quyidagilar kibersport turlarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi:
  • kibersport turlari bo‘yicha professional sportchilar (kibersportchilar) va trenerlar, malakali hakamlar va sharhlovchilar hamda boshqa mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash tizimini joriy qilish;
  • kibersport turlari bo‘yicha respublika va xalqaro chempionatlar va turnirlar tashkil etish, shuningdek, nufuzli xalqaro va mintaqaviy musobaqalarda munosib ishtirok etish;
  • kibersport turlari bo‘yicha ilmiy va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va adabiyotlar ishlab chiqish hamda nashr etish;
  • kibersport infratuzilmasini yanada rivojlantirish va kengaytirish, sohaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb qilishni rag‘batlantirish;
  • kibersport turlariga nisbatan ijobiy jamoatchilik fikrini shakllantirish, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish.

Sportni rivojlantirish vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi respublikada kibersport turlarini rivojlantirish va keng ommalashtirishga mas’ul vakolatli davlat organlari etib belgilandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Prezident qarori bilan kibersport rasman alohida sport turi etib belgilandi