O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvidan (2:0) keyingi matbuot anjumanida terma jamoamiz bosh murabbiyi Srechko Katanes va himoyachi Husniddin Aliqulov ishtirok etdi.
Srechko Katanes: "Bugungi o‘yindan olgan taassurotlarim ijobiy, sababi bugun g‘alabaga erishdik. Taktik jihatdan yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. Hozirgi holatdan kelib chiqib, yigitlar ham eng yaxshi o‘yinini ko‘rsatishga harakat qilishdi. Ular barcha taktik ko‘rsatmalarni amalga oshirishdi. Biroq jismoniy tarafdan ancha ishlashimiz lozim. O‘ylaymanki, bu borada ham yaxshilanishga erishamiz".
Husniddin Aliqulov: "Barchani bugungi g‘alaba bilan tabriklayman. Bugun murabbiylarning barcha ko‘rsatmalarini bajargan holda g‘alaba qozondik, deb o‘ylayman".
Katanetsga savol: "Kechagi matbuot anjumanida shogirdlarim taktik jihatdan ancha faol, deya ta’kidladingiz. Qozog‘iston terma jamoasini ham aqlli futbol namoyish etdi, deya ta’kidlasa bo‘ladimi?"
Srechko Katanes: "Raqib jamoa futbolchilarini baholamayman. O‘z shogirdlarimning o‘yinlariga baho berishim mumkin. Qozog‘iston terma jamoasida bir-ikkita yaxshi vaziyat yuzaga keldi. Birinchi bo‘limda ular amalga oshirgan jarima zarbasini yodga olish kifoya. O‘sha vaziyatda omadimiz keldi. Osiyoning ko‘pgina jamoalariga qarshi uchta markaziy himoyachi bilan harakat qilsangiz, ular qiyinchiliklarga duch keladi va jamoada fantaziya bo‘lmaydi hamda imkoniyatlar yaratishda qiyinchiliklarga duch keladi.
Bugungi bahsda ham shunga o‘xshash holat guvohiga aylandik. Qozog‘iston terma jamoasi hujumchisi uchrashuv boshida meni hayratda qoldirdi, chunki to‘pni o‘zida saqlash, sheriklariga pas berishda juda yaxshi harakatlandi. O‘yin davomida zich o‘ynagan holda raqib jamoa uchun bo‘sh zonalar qoldirmadik. Shu sababli raqib jamoa deyarli vaziyatlar yarata olmadi va bo‘sh zonalar yaratishda qiyinchiliklarga duch kelishdi. Shunga qaramay, Qozog‘istonni xavfli jamoa deb ayta olaman".
Katanetsga savol: "Bugungi uchrashuvda ba’zi futbolchilarda erkinlik bor edi. Ayniqsa, to‘p bilan muomala qilishda ular yaxshi harakat qilishdi. Bu sizning ko‘rsatmangizmi?
Srechko Katanes: "Futbolchilarga hujum chizig‘ida doim erkinlik beramiz. Ular o‘z mahoratini ishga solishi mumkin. Lekin himoyada barcha mas’uliyat bilan harakat qiladi. Himoyamiz Eldor Shomurodovdan boshlanadi, ya’ni u hujumchi sifatida himoyamizni boshlab beradi. Shu bilan birga, qanot o‘yinchilari ham doimo yordam berishadi. Chunki himoyalanayotganda raqib son jihatdan ustun bo‘lmasligi lozim.
Katanetsga savol: Bugun Masharipov va Bozorov ushbu o‘yinni o‘tkazib yuborishi haqida xabar paydo bo‘ldi. Bu asosiy tarkibni tanlashda ta’sir o‘tkazdimi va chap qanotdagi passivlik shu bilan bog‘liqmi?
Srechko Katanes: "Bugun futbolchilardan qoniqdim. Men doim mavjud futbolchilardan foydalanishga harakat qilaman. Albatta, ushbu futbolchilar safga qaytsa, tarkib yanada kuchayadi. Ayniqsa, Masharipov o‘yinni ancha kuchaytiradi".
Katanetsga savol: "Shomurodov maydonda haqiqiy darajasini ko‘rsatdi. Biroq Rimdagi faoliyati yaxshi emas. Shunga qaramay, u sizning asosiy qurolingiz hisoblanadi. Shomurodovga klubdagi kelajagi borasida qandaydir maslahat bera olasizmi?"
Srechko Katanes: "Bu borada hech qanday tavsiya bermayman. Men terma jamoa murabbiyiman va o‘z ishimni bajaraman. Avval ta’kidlaganimdek, u professional o‘yinchi. Bizning eng yaxshi futbolchilarimizdan biri sanaladi. Unga ham hozir 90 daqiqa o‘ynash oson emas, chunki u yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti. Biroq mening rejalarim unga ham bog‘liq. Agar u vaqtida gollar urmaganida, men allaqachon o‘z o‘yimda bo‘lishim mumkin edi. Shomurodov boshqalarga namuna bo‘ladigan futbolchi. O‘ylaymanki, u doimiy ravishda o‘ynaydigan jamoa topadi. Menga uning klubdagi faoliyati qiziq emas, sababi u terma jamoa safiga kelgach, gollar uryapti va o‘z ishini bajaryapti".
Katanetsga savol: "Sergeyev va Shomurodov juftligidan eksperiment sifatida foydalanib ko‘rmaysizmi?"
Srechko Katanes: "Ehtimol, bo‘lishi mumkin. Ammo kelasi bahsda Rossiyaga qarshi to‘qnash kelamiz. Bu boshqa darajadagi o‘yin sanaladi. O‘yinchilarni almashtirgan bilan nimadir o‘zgarib qolmaydi. Ular bir-birini tushuna bilishi lozim. Jiddiy mashg‘ulotlarsiz yangi o‘yinchini kiritish qiyin. Biz 20 daqiqalik mashg‘ulotdan so‘ng Qozog‘istonga qarshi maydonga tushdik. Yetarlicha tayyorgarlik ko‘rishga vaqtimiz bo‘lmadi. Lekin chempionatda ko‘proq o‘yin amaliyotga ega bo‘lgan hamda legionerlarni tarkibga kiritdik, ular esa nima qilishni yaxshi biladi. 20 daqiqalik mashg‘ulotdan so‘ng yangi o‘yinchini tarkibga kiritsak, rejamiz ishlamaydi.
Futbolchilarning o‘ziga ham qiyin bo‘ladi. Futbolchilar ham charchagan, ularga rahmim keladi, lekin bu ishimning bir bo‘lagi, buni to‘g‘ri qabul qilish kerak. Yangi o‘yinchilarni boshqa pozitsiyaga qo‘yishni xohlamayman. Xayolimda ko‘p kombinatsiyalarni o‘ylayman. Bu haqda o‘ylab ko‘ramiz. Stadionda ko‘proq muxlis bo‘lishi kerak edi. Futbolchilar bundan ko‘piga loyiq. Biz Germaniya yoki Braziliya darajasidagi futbol namoyish etolmasmiz, lekin har qanday holatda muxlislar futbolchilarni qo‘llab-quvvatlashi kerak, hatto mag‘lubiyatga uchragan taqdirda ham", dedi O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi.
Srechko Katanets1, Qozog‘iston1, O‘rtoqlik uchrashuvi1, Husniddin Aliqulov1 “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?