O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida Valeriy Karpin va Ruslan Litvinov ishtirok etdi.
"Barchaga xayrli kun. Ertangi bahsdan nimalar kutyapman? Tojikiston bilan o‘yinda maydonga tushmagan futbolchilarni sinab ko‘rish, bizning ko‘rsatmalarimizni qanchalik bajarishlarini ko‘rish", - dedi Valeriy Karpin.
- Sergey Karasev O‘zbekiston - Qozog‘iston uchrashuvini boshqarib bordi. Uni xorijlik hakamlar qo‘llab-quvvatlayotganini aytdi. Sizga ham xorijdan shunday qo‘llab-quvvatlashlar kelyaptimi?
- Shomurodov (kuladi). Ispaniyadagi sobiq jamoadoshlarim va menga qarshi o‘ynagan futbolchilar shaxsiy suhbatlarda qo‘llab-quvvatlashmoqda. Sport siyosatdan holi bo‘lishi kerak deyishmoqda.
- 1991 yilda siz "Paxtakor" stadionida "Spartak" safida "Paxtakor"ga qarshi o‘ynagansiz. O‘shanda yagona golni Andrey Pyatnitskiy urgandi. O‘sha bahsni eslay olasizmi?
- To‘liq o‘yinni eslay olmayman. Pyatnitskiy bilan birga keyin "Spartak"da o‘ynadik. O‘shanda yutqazgandik, demak xotiralar yaxshi emas (kuladi). Bu stadionni eslayman, stadion ham, Toshkent ham ancha o‘zgargan.
- Shomurodov "Roma"da maydonga tushmayapti. Unga Italiyadan takliflar bor. Sobiq murabbiy sifatida unga qaysi klubga o‘tishni maslahat berasiz?
- Kecha Eldor bilan bu borada gaplashdik. Ammo qaysidir klubga o‘tishi borasida maslahat bera olmayman. Hozir u 27 yoshda, demak ayni o‘ynaydigan yoshda. Kuchliroq klubda o‘ynashini xohlardim, Top-5 chempionat bo‘lmasa ham asosiysi ko‘proq maydonga tushadigan klubga o‘tishi kerak.
- Ertaga O‘zbekiston terma jamoasining taktik sxemasi siz uchun jumboq bo‘ladimi? Sababi Katanes turlicha sxemalarda o‘ynamoqda.
- O‘ylashimcha ertaga O‘zbekiston Qozog‘iston bilan o‘yindagi sxemada maydonga tushsa kerak.
- Agar o‘yin Toshkentda emas Moskvada bo‘lganida Golovin va Miranchukni chaqirarmidingiz?
- Yo‘q, chaqirmasdim. Sababi hozir Jahon chempionati tufayli chempionatlarda tanaffus vujudga keldi. Shu bois ularni bezovta qilmaslikka qaror qildik. Bu yig‘inda yangi futbolchilarni tekshirib ko‘ryapmiz.
- O‘zbekistonlik mahalliy muxlislar va jurnalistlar Rossiya terma jamoasining bugungi tarkibi qanchalik asosiy deb o‘ylashmoqda?
- Foizlarni ayta olmayman, ammo Tojikiston bilan o‘yindan ko‘ra asosiyroq tarkib tushishini aytgandim. Hozir bizda darvozabonlardan tashqari 23 nafar o‘yinchi bor. Ertaga kim tushishini ko‘ramiz.
- Anton Makarchukni ikkinchi bor terma jamoaga chaqiryapsiz. Uning ijobiy jihatlari qaysi? "Sochi"ga o‘tishdan oldin FNLda o‘ynardi. Premer-liga klubiga o‘tishi bilan terma jamoa e’tiboriga tushdi. Demak FNLdagi boshqa futbolchilar ham terma jamoaga chaqirilishi uchun Premer-liga klubiga o‘tishi kerakmi? Hozir bo‘sh vaqtingiz ko‘paydi, balki FNL o‘yinlarini ham kuzatarsiz.
- Bo‘sh vaqtim nega ko‘paydi deb o‘ylayapsiz? "Rostov"dagi ishlarim ham bor-ku. Ko‘p futbolchilar FNLda o‘ynashgan va keyin terma jamoaga chaqirilgan. Sichevoy hatto FNLda emas, Qrim ligasida o‘ynagan. Krivsov ham ikkinchi ligada o‘ynagan, hozir "Krasnodar"da o‘ynamoqda va terma jamoaga chaqirilgan. Deyarli hamma futbolchining faoliyati shunday bo‘ladi.
Makarchukning yaxshi sifatlari juda ko‘p. U asosan qanotda lateral sifatida o‘ynamoqda. To‘rt himoyachi sifatida o‘ynaganimizda u qanotda juda foydali.
- Qachondir Rossiya terma jamoasidan taqiq olib tashlaganidan keyin oldingi holatiga qayta oladi deb o‘ylaysizmi?
- O‘zbekiston Sloveniya yoki Slovakiyadan kuchsiz deb o‘ylaysizmi? Men bunday emasligiga ishonchim komil. Hozir O‘rta Osiyoda o‘ynayapmiz. Sizda boshqa variantlar bormi?
- Janubiy Amerika masalan...
- 2 kun uchib borishimiz kerak va o‘yin o‘tkazib yana 2 kun ortga qaytishimiz kerak, keyin chempionatda maydonga tushishimiz kerakmi? Noreal-ku.
- Tojikiston bilan o‘yindan keyin OAV sizni va terma jamoani shunchaki yerga ko‘mib qo‘yishdi. Ertangi bahsda ijobiy natija qo‘lga kiritish va tanaffusga juda yomon kayfiyatda chiqib ketmaslikka intilish bormi?
- Birinchidan kayfiyatim yaxshi, futbolchilarda ham. Barcha ko‘mib qo‘ydi deyapsiz. Ularga Oleg Romansev va Valeriy Gazzayevning gaplarini o‘qishni tavsiya qilaman. Bizni chetlatishganida barcha ekspertlaringiz mana hozir bizda vaqt bor, yoshlarni sinab ko‘rish kerak deyishgandi. Endi esa ularga natija kerak bo‘lib qoldi.
- "Paxtakor" stadioni maydoni sifatiga qanday baho berasiz?
- Tojikistondan keyin TOP! Hatto Srechko Katanes matbuot anjumanida ham aytdi-ku, sun’iy maydonda o‘ynash bu boshqa sport turi deb. Futbolni tushunadigan odamlar buni gapirganidan xursandman. Men atayin o‘sha o‘yindan keyin maydon haqida gapirmadim. Bahona qilmadim. Shukurki faqat birgina Pesyakov jarohat oldi.
- Osiyo va Yevropa terma jamoalarining asosiy farqi nimada? Infrasturkurani hisobga olmaganda.
- Deyarli hech qanday farq yo‘q. Maydonga 11 futbolchi tushadi, Kipr, Tojikiston, Sloveniya yoki O‘zbekiston terma jamoalari bo‘lsa ham farqi yo‘q. O‘zbekiston terma jamoasida Turkiyada ham o‘ynayotgan futbolchi bor. Turkiya ham Yevropami, demak hech qanday farq yo‘q.
"O‘yinga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Raqibni o‘rganib chiqdik va tahlil qildik. Ertaga barchasini ko‘rsatamiz", - dedi Ruslan Litvinov.
- Tojikiston bilan o‘yindan keyin ekspertlar Rossiya terma jamoasining o‘yini haqida salbiy fikrlar bildirishdi. Jamoada kayfiyat qanday va yangiliklarni o‘qib boryapsizlarmi?
Ruslan Litvinov: - Yangiliklarni o‘qimaslikka harakat qilyapmiz. O‘z ishimizni bajarishga urinamiz, albatta ba’zida ko‘rsatmalarni to‘liq bajara olmasligimiz mumkin.
- Hozirgi qiyin davrda futbolchilarning kayfiyati qanday? Chunki Rossiya asosan qo‘shnilar bilan o‘ynamoqda. Tarkibdagi yoshlarning kayfiyati qanday?
Ruslan Litvinov: - Umuman olganda kayfiyat yaxshi. Eng asosiysi xalqaro o‘yinlarda maydonga tushyapmiz. Barchamiz shunga urinyapmiz. Albatta Yevropa jamoalariga qarshi o‘ynamayapmiz, ammo bu yerda ham terma jamoa kuchli, o‘zbekistonlik futbolchilar Yevropa top chempionatida o‘ynashadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi