23:33 / 20.11.2022
2 185

FIFA Prezidenti Qatar tanqidiga nisbatan G‘arbning ikkiyuzlamachilik qilayotganini qoraladi

FIFA Prezidenti Qatar tanqidiga nisbatan G‘arbning ikkiyuzlamachilik qilayotganini qoraladi
Matbuot anjumanida FIFA prezidenti Janni Infantino Qatardagi jahon chempionati boshlanishiga bir necha soat qolganda, G‘arb davlatlari “axloqiy saboqlar” berish pozitsiyasida emasligini aytdi va ularni ikkiyuzlamachilikda aybladi.

Musobaqa arafasida Qatar poytaxtida o‘tkazilgan qizg‘in matbuot anjumanida u shveysariyalik italyan Yevropa Qatarga barmog‘ini ko‘rsatishdan avval o‘zining o‘tmishdagi jinoyatlaridan saboq chiqarishi kerakligini aytdi.

Men yevropalikman. Biz yevropaliklar so‘nggi 3000 yil davomida butun dunyo bo‘ylab qilgan xatolarimizni o‘ylasam, odamlarga axloqdan so‘zlashdan burun keyingi 3000 yil uchun kechirim so‘rashimiz kerak, degan fikrdaman”, dedi Infantino shanba kuni yuzlab jurnalistlarga.

2010 yilda jahon futbol turniriga mezbonlik qilish huquqini qo‘lga kiritgan Qatar mehnat muhojirlariga munosabati va inson huquqlarining himoyasi bo‘yicha mamlakatdagi ahvol tufayli tanqid ostiga olingan edi.

Italiyalik mehnat muhojirlarining o‘g‘li Infantinoning aytishicha, Yaqin Sharq mamlakati mehnat muhojirlari huquqlarini himoyalashni yaxshilash masalasida bugun “yutuqlarga erishgan”.

– "Men bu yerga olti yil oldin kelganman va ilk uchrashuvimdayoq mehnat muhojirlari masalasiga murojaat qilganman, – dedi Infantino, – Qatar va mintaqadagi boshqa mamlakatlardan Yevropa yoki G‘arb biznes kompaniyalarining qanchadan-qanchasi har yili milliardlab daromad oladi. Endi shunday savol tug‘iladi: “Ularning qanchasi mehnat muhojirlarining huquqlari bo‘yicha rasmiylarga murojaat qilgan?” Bu savolga javobim bor: hech biri. Bir tomonlama axloqiy saboqlar ikkiyuzlamachilikdan boshqa narsa emas. Mazkur mamlakatda besoqolbozlik noqonuniy hisoblanadi, biroq Qatar shouga barcha muxlislar tashrif buyurishi mumkinligini aytdi. Mamlakat oliy rahbariyati bilan shu mavzuda gaplashdim. Bir marta emas, bir necha bor. Ular rad etishmadi, men bu mamlakatda hamma xush qarshi olinishi tasdiqlayman”, – dedi FIFA prezidenti.

Matbuot anjumani yakunida jurnalistlar oldida qilgan chiqishida FIFA matbuoti boshlig‘i, Brayan Suonson Qatarda hamma birday kutib olinishini ta’kidladi.

FIFAga qo‘shilganimdan beri Janni Infantino borasida, xususan, LGBT jamiyati tomonidan ko‘p tanqid qilinganini ko‘rganman”, – dedi Suonson. Biz hamma marosimda bir xilda qarshi olinishi uchun kafolat oldik va bu jahon chempionatida hamma xursand bo‘lishiga ishonaman”, – deya qo‘shimcha qildi u.

Tanqidchilar, shuningdek, arab dunyosida bunday musobaqaga mezbonlik qilgan ilk davlat Qatarni turnir vaqtida stadionlarda spirtli ichimliklar sotishni taqiqlagani bois tanqid qilishdi.

Ushbu jahon chempionatida qabul qilinadigan har bir qaror Qatar va FIFAning qo‘shma qaroridir. Har bir qaror birgalikda muhokama qilinadi, so‘ng qaror qabul qilinadi. Qancha fan zonalari bo‘ladi, bilmayman, ehtimol, 8 ta, 10 ta bo‘lar, lekin katta fan-zonalari tashqil qilinishi aniq, u yerda spirtli ichimliklarni sotib olish mumkin bo‘lgan 200 dan ortiq joylar hozirlanadi", - dedi Infantino.

Shuningdek, u Fransiya, Ispaniya, Portugaliya va Shotlandiya kabi Yevropaning yirik davlatlarida ham futbol stadionlarida spirtli ichimliklar ichish taqiqlanganini e’tirof qildi va bu odatiy hol ekanligini ta’kidladi.

Ayrim tanqidchilar kompaniyalarni boykot qilishga undaganiga qaramay, Infantino bu yilgi turnirning “tijoriy muvaffaqiyati”ga yuqori baholadi.

"Biz OAV huquqlarini o‘tgan jahon chempionatidagidan taxminan 200 million dollarga ko‘proq sotdik, - dedi u. - Shuningdek, homiylik qilish huquqini o‘tgan jahon chempionatidagiga nisbatan taxminan 200 million dollarga ko‘proq sotdik. Chiptalar va mehmondo‘stlik masalalariga kelsak, o‘tgan jahon chempionatidagidan ko‘ra, ancha ko‘p, deyarli 200-300 millionga ortiqroq daromad oldik”.

U so‘zlarining yakunida Qatar 32 jamoadan iborat turnirni yakshanba kuni Ekvadorga qarshi o‘yindan boshlashini ma’lum qildi. Infantinoning aytishicha, Fors ko‘rfazi mamlakati o‘yinlarga ajoyib tayyorgarlik ko‘rgan. “Doha hoziru nozir! Qatar tayyor! Shubhasiz, bu eng yaxshi jahon chempionati bo‘ladi!”, dedi u ishonch bilan yig‘ilganlarga.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » FIFA Prezidenti Qatar tanqidiga nisbatan G‘arbning ikkiyuzlamachilik qilayotganini qoraladi