
Jahon chempionati 1-turida Niderlandiya va Senegal jamoalari o‘zaro bahs olib boradi. Ushbu o‘yin oldidan yevropaliklar bosh murabbiyi Lui van Gal matbuot anjumanida ishtirok etib, quyidagi fikrlarni bildirdi:
"Ular Afrika chempioni, bizga oson bo‘lmaydi. Ha, Sadio Mane safdan chiqdi, ammo bizda ham yo‘qotish bor. Men Sadioning muxlisiman. "Manchester Yunayted" murabbiyi sifatida ishlaganimda, u bilan shartnoma imzolashga harakat qilgandim.
Senegal usiz qiynaladi. Biroq biz ham ko‘p gol uradigan va assistentlik qiladigan Memfis Depay xizmatidan foydalana olmaymiz. Asosiy tarkibni aniqlab bo‘ldim. Bu murakkab emas.
2014 yilda hozirgidan kuchsizroq tarkib bilan uchinchi o‘rinni egallagandik. Bu gal chempion bo‘lishimizga ishonaman".
Jahon ChempionatiNiderlandiya SenegalLui Van GalSadio ManeManchester YunaytedMemfis Depay O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar