1 502
JCH—2022. Niderlandiya so‘nggi daqiqalardagi gollar evaziga Senegalni mag‘lub etdi (video)
Futbol bo‘yicha JCH—2022 1-turida Senegal va Niderlandiya terma jamoalari 21 noyabr, dushanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar daxlsiz qoldi. O‘yindagi gol 84-daqiqaga borib urildi: Kodi Gakpo Frenki de Yongning havodan uzatgan to‘pini boshi bilan raqib darvozasiga joylab qo‘ydi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqada Devi Klassen jamoasining ikkinchi golini urdi.
Shu tariqa Lui van Gal shogirdlari dastlabki uch ochkoni qo‘lga kiritdi va Ekvador bilan birga guruhda peshqadamlik qilmoqda.
Guruhning boshqa o‘yini 20 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan, unda Ekvador terma jamoasi Qatar ustidan g‘alabani qo‘lga kiritgandi (2:0).
JCH—2022
1-tur bahsi
Senegal — Niderlandiya 0:2
Gol: 0:1 – 84 Gakpo, 0:2 – 90+9 Klassen.
Senegal: Mendi, Sabali, Kulibali, Sisse, Diallo (Yakobs, 62), Kuyate (Guye, 73), Guye, N. Mendi, Sarr, Diatta (Jekson, 74), Dia (Diyeng, 69).
Niderlandiya: Noppert, Dumfris, van Deyk, Ake, de Ligt, Blind, de Ron, de Yong, Bergeys (Kopmeyners, 79), Yanssen (Depay, 62), Bergveyn (Klassen, 79), Gakpo.
Ogohlantirishlar: de Ligt (56), N. Mendi (90+3), Geye (90+6).
Niderlandiya1, Senegal1, JCH—2022, Futbol1 “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi