
Foto: Getty Images
«Halifa» stadionida kechgan uchrashuvda turnir favoritlaridan biri Germaniya Yaponiyaga qarshi maydonga tushib, sensatsion magʻlubiyatga uchradi. 33-daqiqada Gyundoʻgʻan penaltidan hisobni ochib, nemislarni oldinga olib chiqdi – 1:0.
Ikkinchi boʻlimning 75-daqiqasida Doan hisobni tenglashtirgan boʻlsa, 83-daqiqada Asano stadionni larzaga keltirdi – 2:1.
Oʻtkazib yuborilgan goldan keyin karaxt ahvolga tushgan nemislar oʻyin oxirigacha vaziyatni oʻnglay olishmadi. Shu tariqa, «samuraylar» Osiyoning yana bir jamoasi Saudiya Arabistonidan keyin turnirning ikkinchi sensatsiyasini qayd etishdi.
Natijada, Yaponiya E guruhida 3 ochko bilan hozircha peshqadamga aylanib oldi. Guruhdagi ikkinchi oʻyin soat 21:00da Ispaniya va Kosta-Rika oʻrtasida boʻlib oʻtadi.
JCh-2022. 1-tur. E guruhi
Germaniya – Yaponiya 1:2
Gollar: 1:0 – 33, penalti Gyundoʻgʻan, 1:1 – 75 Doan, 1:2 – 83 Asano.
Germaniya – Noyer, Zyule, Ryudiger, Shlotterbek, Raum, Gyundoʻgʻan (Gorettska, 67), Kimmix, Xavertts (Fyullkrug, 79), Myuller (Hofmann, 67), Gnabri, Musiala (Gettse, 79).
Yaponiya – Gonda, Sakai (Minamino, 74), Yosida, Itakura, Nagatomo (Mitoma, 57), Endo, Kamada, Kubo (Tomiyasu, 46), Tanaka (Doan, 71), Ito, Maeda (Asano, 57).
GermaniyaYaponiyaJCh-2022Halifa stadionSensatsion magʻlubiyatE guruhi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar