
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiy Xans-Diter Flik JCH 1-turidan o‘rin olgan Yaponiyaga qarshi bahsdagi mag‘lubiyatdan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi:
"Zyule ehtiyotkorroq o‘ynashi kerak edi. U qo‘shimcha 2-3 qadam tashlagani uchun yaponiyalik futbolchi ofsayddan chiqdi. Bugun biz individual xatolar tufayli mag‘lub bo‘ldik.
Birinchi taymda ko‘plab imkoniyatlarni ko‘kka sovurdik. Raqib samaradorlik bobida bizdan ancha ustun edi. Keraksiz vaziyatlarda xatoga yo‘q qo‘ydik. "Samuraylar" himoyadan tezkorlik bilan qarshi hujumga o‘tishini bilardik va buning oldini ololmadik".
- Siz qilgan o‘zgarishlar jamoa ritmini buzib qo‘ymadimi?
"Biz shunchaki o‘yinga yangi energiya qo‘shmoqchi edik. Myuller anchadan beri maydonga tushmayotgandi va shuning uchun uni zaxiraga olish variantini to‘g‘ri deb hisoblayman. Individual xatolarga yo‘q qo‘yganimiz uchun mag‘lubiyatga uchradik".
Germaniya Terma JamoasiYaponiyaga QarshiXans-Diter FlikJCH 2022Mag‘lubiyat SabablariMatbuot Anjumani O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar