
Foto: O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi
Isroilning Quddus shahrida shaxmat bo‘yicha milliy jamoalar o‘rtasida FIDЕ jahon chempionati davom etmoqda.
O‘zbekiston shaxmatchilari chorakfinalda Ukraina bilan bellashib, 2 ta raund (3:1 va 2,5:1,5) yakuniga ko‘ra g‘alaba qozonishdi.
Endi shaxmatchilarimiz 24 noyabr kuni yarimfinalda Hindiston – Fransiya o‘yini g‘olibi bilan kurashadi.
Yana bir yarimfinalda Xitoy va Ispaniya shaxmatchilari bahs olib boradi.
Jahon chempionatida O‘zbekiston milliy jamoasi sharafini GM Nodirbek Yoqubboyev, GM Javohir Sindarov, GM Jahongir Vohidov, GM Shamsiddin Vohidov, IM Abdimalik Abdisalimov va IM Ortiq Nigmatov himoya qilmoqda. Shaxmatchilarimizga niderlandiyalik Ivan Sokolov sardorlik va murabbiylik qilyapti.
Avvalroq, O‘zbekiston milliy jamoasi jahon chempionatining guruh bosqichida AQSH (2,5-1.5), Isroil (2,5-1,5) va Hindistonni (3,5-0,5) mag‘lub etib, Polsha (2:2) bilan durangga erishib, Ozarboyjonga (1,5-2,5) yutqazgan edi. Bu natijalar shaxmatchilarimizga guruhda birinchi o‘rin bilan chorakfinalga chiqish uchun yetarli bo‘ldi.
O‘zbekiston ShaxmatchilariJahon ChempionatiYarimfinal O‘yiniHindiston FransiyaIsroil UkrainaXitoy Ispaniya O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar