«Real» Madridda «Valensiya»ni mag‘lubiyatga uchratib, 2-o‘ringa ko‘tarildi

Ispaniya chempionati 37-turida “Real” jamoasi o‘z maydonida “Valensiya” futbolchilariga qarshi bahs olib bordi. Murosasiz kechgan bahsda madridliklar 3:2 hisobida zafar quchdi. Bu haqda "Uff.uz" xabar berdi.
O‘yinning 26-daqiqasida Krishtianu Ronaldu gol kiritib, hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim yakuniga etay deb qolgan bir vaqtda Karim Benzema madridliklar ustunligini oshirdi.
Ikkinchi bo‘limda “Valensiya” hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. 55 daqiqada Rodrigo gol muallifiga aylandi. 4 daqiqa o‘tar-o‘tmas Ronaldu uchrashuvdagi ikkinchi golini kiritdi.
81 daqiqada Andre Gomes yana hisobni qisqartirdi — 3:2. Shundan so‘ng boshqa gol kiritilmadi va Zayniddin Zidan jamoasi 87 ochko jamg‘arib, ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Ushbu turda "Espanol"ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratgan "Barselona" 88 ochko bilan birinchi o‘rinda qoldi. "Atletiko" safarda "Levante"ga yengildi va 85 ochko bilan qolib ketib, uchinchi o‘ringa pastladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing