
Futbol bo‘yicha JCH—2022 1-turida Qatar va Senegal terma jamoalari 25 noyabr, juma kuni o‘zaro to‘qnash keldi.
Uchrashuvning 41-daqiqada Bulaye Dia senegalliklarni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Famara Diyediu hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi.
Bunga mezbonlar 78-daqiqada Muhammad Muntarining goli bilan javob qaytardi. 84-daqiqada Amadu Bamba Diyeng yakuniy hisobni o‘rnatdi.
Shu tariqa Qatar ikkinchi o‘yinda ham imkoniyatni boy berib, pley-offga yo‘llanmasi olish imkoniyatini deyarli yo‘qotdi.
Guruhning ikkinchi o‘yini Niderlandiya va Ekvador terma jamoalari o‘rtasida kechadi.
JCH—2022
2-tur bahsi
Qatar — Senegal 1:3
Gollar: 0:1 – 41 Dia, 0:2 – 48 Diyediu, 1:2 – 78 Muntari, 1:3 – 84 Diyeng.
Qatar: Barsham, Muhammad, Xuxi, Ro-Ro (Abdulvahob, 83), Hassan, Ahmed (Salmon, 83), Budiaf (Hatem, 69), Madibo, Al-Haydos (Muntari, 74), Ali, Afif.
Senegal: Mendi, Sabali, Kulibali, Diallo, Yakobs (Sisse, 77), Guye, Mendi (Sarr, 78), Sarr (Ndiay, 74), Diyediu (Diyeng, 74), Dia, Diatta (Siss, 64).
Ogohlantirishlar: Muhammad (20), Dia (30), Ahmed (45), Yakobs (52), Siss (87), Madibo (90).
FutbolJCH 2022Qatar SenegalGuruh o‘yiniTerma jamoaO‘yin natijasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar