
Jahon chempionati 1-turidan o‘rin olgan Uels - Eron uchrashuvidan (0:2) so‘ng forslar bosh murabbiyi Karlush Keyrush matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Bu faqat boshlanishi, lekin biz vazifani yakuniga yetkazib qo‘yishimiz lozim. Kun biz uchun ajoyib o‘tdi. Futbolchilarimni hurmat qilaman, ular futbol o‘ynashni yoqtirishini isbotladi.
Ular har qancha qo‘llab-quvvatlashga loyiq. Biz muxlislarimiz uchun o‘ynashni istaymiz", - dedi 69 yoshli mutaxassis.
Ma’lumot uchun, eronliklar 3-tur bahsini azaliy raqib AQSHga qarshi o‘tkazadi. Ushbu uchrashuvdagi g‘alaba ularni pley-offga olib chiqadi.
Jahon ChempionatiUels EronKarlush KeyrushFutbolchilarMuxlislarPley-off O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar