1 212
JCH-2022. Sensatsiya qayd etgan Saudiya Arabistoni 2-turda Polshaga mag‘lub bo‘ldi (video)
Jahon chempionati "C" guruhi doirasidagi 2-turdan o‘rin olgan Polsha va Saudiya Arabistoni terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin nihoyasiga yetdi. Mazkur bellashuvda polshaliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning 39-daqiqasida Levandovskining uzatmasidan so‘ng Zelinski hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim yakunida Saudiya terma jamoasi futbolchisi penaltidan Salim Al-Dovsariy gol ura olmadi, uning zarbasini darvozabon qaytardi.
82-daqiqada himoyachining xatosidan keyin Robert Levandovski termasining ikkinchi goliga mualliflik qildi.
Polsha – Saudiya Arabistoni 2:0
Gollar: 1:0 – 39 Zelinski, 2:0 – 82 Levandovski.
Polsha – Shchensni, Kesh, Glik, Kiver, Bereshinski, Zelinski (Kaminski, 63), Frankovski, Krixovyak, Belik, Levandovski, Milik (Pentek, 71).
Saudiya Arabistoni – Al-Ovays, Abdelxamid, Al-Bulayxi, Al-Amri, Al-Breyk (Al-Ganam, 65), Al-Dosari, Kanno, Al-Malki (Al-Obod, 85), Al-Nadji (Al-Abed, 46), Al-Breykan, Al-Shexri (Al-Dosari, 86).
Ogohlantirishlar: Kiver (15), Kesh (16), Milik (19), Al-Malki (21), Al-Amri (45).
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?