17:53 / 28.11.2022
1 432

Vaziyat Shomurodov istagandek emas!

Vaziyat Shomurodov istagandek emas!
Rossiya milliy terma jamoasi va “Rostov” bosh murabbiyi Valeriy Karpin https://www.championat.com saytiga bergan intervyusida Eldor Shomurodov haqidagi savollarga ham javob berdi.

Ma’lumki, Valeriy Karpin “Rostov” bosh murabiyi sifatida 2017 -2020 yillar davomida shu jamoada to‘p tepgan Eldor Shomurodovga ustozlik qilgan. Futbolchilik davrida Yevropaning nufuzli jamoalarida o‘ynagan Karpin legionerimizning yangi qirralarini ochib, uni kuchli beshlik chempionatlariga loyiq hujumchi sifatida tarbiyaladi.

Yaqinda Rossiya milliy terma jamoasi Toshkentda O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan birinchi bor xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida kuch sinashdi. Qiziqarli o‘tgan o‘rtoqlik o‘yinida darvozalarga to‘p kiritilmadi.

Toshkentga qilgan safari davomida Valeriy Karpin shogirdi Eldor Shomurodov bilan alohida uchrashib, suhbat qurdi.

- Toshkentda Shomurodov bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdingiz. Siz uni bir necha marotaba “qiyshiqoyoq”, deb ataganingizdan keyin ham qanday qilib, yaxshi munosabatlarni saqlab qola oldingiz?
- Bu savolni jiddiy tarzda so‘ramayapsiz shekilli. O‘zaro aloqalarimiz yaqin va yaxshi. Shuning uchun ham uni "qiyshiqoyoq", deb aytishga botina olaman. Hammamiz kulishamiz. “Rostov”dan ketganidan keyin Eldor bilan qo‘ng‘iroqlashib, yozishib turdik. Boshida bu holat ko‘p bo‘ldi, keyinchalik kamaydi. Bu tabiiy hol.

- Shomurodov Italiya chempionatida o‘zini qay darajada ko‘rsata olyapti, deb o‘ylaysiz?
- Bu mavsum vaziyat Eldor kutganidek yaxshi bo‘lmayapti.

- Uning o‘yinida pasayish bormi yoki jamoa to‘g‘ri kelmayaptimi?
- Bilmayman. Men uni har kuni kuzatmayman. Balki, bosh murabbiy uning salohiyatini ko‘rmayotgandir, boshqa o‘yinchilarga ishonch bildirayotgandir. “Roma”da yana ikkita zo‘r hujumchi bor. Ochig‘ini aytganda, Temmi Abraxam va Andrea Belotti ham yaxshi forvard hisoblanadi. Bu masala raqobatga bog‘liqligini ko‘rinib turibdi.

- Siz futbolchilarni qiyshiqoyoq yoki undan battar so‘zlar bilan atashingiz mumkin. Shomurodov bilan munosabatingiz yaxshi ekan. O‘yinchilar gaplaringizni og‘ir olgan holatlar ham bo‘lganmi?
- Buni futbolchilardan so‘raganingiz ma’qul. Ular uchun javob bera olmayman. Tabiiyki, bu kimgadir yoqadi, boshqasiga yoqmaydi. Kimdir o‘zini erkin tutadi, kimdir bosim ostida qoladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vaziyat Shomurodov istagandek emas!