1 212
Serbiya va Urugvay guruhda qoladimi? Pley-offga chiqish uchun kimga qanday natija kerak?
Foto: FRANCOIS NEL/GETTY IMAGES
Jahon chempionati guruh bosqichida 2-tur uchrashuvlari yakunlandi. G va N guruhlarida hali barcha jamoalarda pley-off uchun imkoniyat saqlanib qolmoqda.
G guruhi
1-tur: Shveysariya — Kamerun — 1:0, Braziliya — Serbiya — 2:0
2-tur: Serbiya — Kamerun — 3:3, Braziliya — Shveysariya — 1:0
Guruhda 3-tur uchrashuvlari 2 dekabr kuni Kamerun — Braziliya (00:00), Serbiya — Shveysariya (00:00) jamoalari ishtirokida kechadi.
1. Braziliya pley-off yo‘llanmasini hal qildi va amalda birinchi o‘rinni ham kafolatladi. Bu o‘rinni boy berish uchun, pentakampeonlar Kamerunga yutqazishi, Shveysariya Serbiyani yengishi hamda janubiy amerikaliklarni to‘plar nisbatiga ko‘ra ortda qoldirishi talab etiladi.
2. Shveysariya uchun barchasi oddiy: g‘alaba jamoani pley-offga olib chiqadi, durang hisob qayd etilsa ham, faqat Kamerun Braziliyadan uch ochko oladigan ssenariydan xavotir olish kerak bo‘ladi. Mag‘lubiyatga uchralsa — turnirni tark etadi.
3. Kamerun va Serbiya jamoalarini faqat g‘alaba qoniqtiradi, shu bilan birga ikki jamoa ham to‘plar nisbati e’tiborga olinishini yoddan chiqarmasligi kerak. Raqib darajasiga ko‘ra bolqonlarda imkoniyat yaxshiroq.
N guruhi
1-tur: Urugvay — Koreya — 0:0, Portugaliya — Gana — 3:2
2-tur: Koreya — Gana — 2:3, Portugaliya — Urugvay — 2:0
Guruhda 3-tur uchrashuvlari 2 dekabr kuni Koreya — Portugaliya (20:00), Gana — Urugvay (20:00) jamoalari ishtirokida kechadi.
1. Bu yerda ham vaziyat G guruhidagi kabi. Portugaliya — Braziliya rolida, Gana — Shveysariyaning, Urugvay va Koreya esa — Serbiya va Kamerun holatida.
2. Portugaliya pley-off yo‘llanmasini hal qildi, birinchi o‘rinni esa faqat Koreyadan mag‘lub bo‘lib, Gana esa o‘z o‘yinida g‘alaba qozongan taqdirda boy berishi mumkin, shunda ham afrikaliklar so‘nggi turda to‘plar nisbatni yevropaliklarnikidan yaxshiroq qilib olishi kerak bo‘ladi.
3. Ganaga 1/8 final yo‘llanmasini kafolatlash uchun g‘alaba kerak, durang hisob qayd etilsa, uchinchi o‘ringa tushib ketish xavfi bo‘ladi — buning chun Koreya so‘nggi turda portugallarni «+2» yoki undan ko‘p gol farqi bilan yutishi kerak.
4. Urugvay va Koreyaga faqat g‘alaba kerak — ikki jamoa ham so‘nggi turda muvaffaqiyatga erishgan taqdirda, to‘plar nisbati yaxshiroq bo‘lgan jamoa pley-offga chiqadi (ikkinchi mezon — urilgan gollar soni bo‘ladi).
Pley-off
G va N guruhidan chiqqan jamoalar 1/8 finalda o‘zaro to‘qnash keladi. Braziliya — Portugaliya o‘rtasida supero‘yin ro‘y berishi ehtimoli kam, ammo boshqa yorqin viveskalar ham bor. Masalan, besh karra jahon chempionlari urugvayliklar bilan Janubiy Amerika jangini o‘tkazishi yoki Portugaliya — Serbiya juftligi yuzaga kelishi mumkin — aynan bolqonliklar jamoasi saralash bosqichida portugallarni ortda qoldirib, Krishtianu Ronaldu va jamoani o‘tish o‘yinlariga jo‘natgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi