1 100
Kishini hayratga soluvchi hikoya! Enso Fernandes 6 yil ilgari Messiga qanday xat yozganini bilasizmi?
26 noyabr sanasida Argentina guruhdagi ikkinchi tur o‘yini doirasida Meksika ustidan (2:0) g‘alaba qozondi. Jamoaganing g‘alabasiga Leo Messi va Enso Fernandesning gollari hissa qo‘shdi.
Yodingizda bo‘lsa, bundan 6 yil ilgari hissiyotlarini jilovlay olmagan Messi terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan edi. Ana o‘sha paytda, ijtimoiy tarmoqlardan birida hech kimga tanish bo‘lmagan 15 yoshlik bola Messiga xat yozgan edi. U termani tashlab ketmasligini Leodan iltimos qilib so‘ragan edi.
Xatda nimalar yozilgan edi?
2016 yilning 27 iyun sanasida Kopa Amerika finali bo‘lib o‘tadi. O‘yindan keyingi penaltilar seriyasida Messi va Lukas Bilyaning noaniq zarbalari sababli Argentina alamli mag‘lubiyatni qabul qilib olgach, o‘sha paytlarda “River Pleyt” akademiyasi tarbiyalanuvchisi – Enso Fernandes Messiga murojaat etadi:
“Biz sizni fikringizdan qaytarishga qodirmizmi? Oddiy insonlarning nolasi sizga yetib boradimi? Qanday qilib, siz his qilgan bosimning 1 foizinigina yelkamizga olmagan bo‘lsak. Siz har kuni ertalab uyg‘ongach, oynaga boqasiz. Unda, 40 million xalqning talabini bajarishga mahkum insonni ko‘rasiz. Ular sizdan qanday ahvolda ekanligingizni so‘ramaydi. Sog‘lig‘ingiz va kayfiyatingiz bilan ishi yo‘q, ammo katta voqealarga asos bo‘lishingizni talab qiladi.
Afsuski, biz sizni super iqtidor egasi bo‘lsa-da, oddiy inson ekanligingizni tan olmaymiz. Sayyoramizning eng kuchli futbolchisi bo‘lsangizda, avvalo biz kabi issiq jon ekanligingizni unutamiz. Har bir mag‘lubiyatdan so‘ng, siz uchrayotgan nafratning asl sababi boshqa ekanligini anglamasak ham, qolishingizni so‘rashga haqqimiz bormi?
Keling, mard bo‘lib o‘zimizga savol beramiz. Biz Leodan talab qilayotgan narsalarimizni hech bo‘lmasa bir foizini o‘zimizdan ham talab qilamizmi? Og‘ir o‘tgan mavsumdan so‘ng berilgan qisqa ta’tilni ham yurtimiz sharafini himoya qilishga sarflayotganingizni birov bildi, birov bilmadi.
Avvalo, qanday qaror qabul qilishni sizdan yaxshiroq hech kim bilmaydi. Shunday bo‘lsa-da, ketishdan oldin so‘nggi bor o‘ylab ko‘ring. Insonlar sizdan olib qo‘ygan xotirjamlikni his qilish maqsadida barchasidan qo‘l siltamang.
Menimcha, yoshligingizda terma jamoada to‘p surishni orzu qilgansiz. Hozir sizni egningizdagi ko‘k-oq libosni ko‘rganimizda, bizni qalbimiz hayajonga to‘ladi. Iltimos, bizni bu baxtdan mosuvo qilmang.”
2022 yilning sentyabr oyida Enso Fernandes Argentina terma jamoasi safidagi debyut o‘yinida maydonga tushdi. U bor yo‘g‘i 26 daqiqa to‘p tepdi. Gol yoki assistni o‘z hisobiga yozdirishni uddalay olmagan edi. Qatardagi mundialda esa u orzusiga yetdi. Meksikaga qarshi o‘yinda zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Fernandes kumiri tashlab bergan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi. Bundan 6 yil ilgari boshlangan hikoyaning xotimasi ham naqadar go‘zal.
Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jayev
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi