02:11 / 01.12.2022
1 389

JCH-2022. Argentina Polshani mag‘lub etdi va pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

JCH-2022. Argentina Polshani mag‘lub etdi va pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
JCH-2022 3-turidan o‘rin olgan Polsha - Argentina bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda janubiy amerikaliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Dastlab, 47-daqiqada Aleksis Makallister uchrashuvda hisobni ochdi. 67-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Xulian Alvares oradagi farqni ikkitaga yetkazib qo‘ydi.

Shu tariqa, "albisileste" hisobidagi ochkolari sonini 6 taga yetkazib olgan holda, o‘z guruhida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va nimchorak finalda Avstraliyaga qarshi maydonga chiqadi.

Polsha – Argentina 0:2
Gollar
: 0:1 – 46 Mak Allister, 0:2 – 67 Alvares.
Polsha – Shchensni, Kesh, Glik, Kiver, Bereshinski (Yendjeychik, 72), Zelinski, Frankovski (Kaminski, 46), Krixovyak (Pentek, 83), Belik (Shimanski, 62), Levandovski, Sviderski (Skuras, 46).
Argentina – Martines, Molina, Otamendi, Romero, Akunya (Talyafiko, 59), De Paul, Mak Allister (Almada, 84), Fernandes (Pesselya, 79), Di Mariya (Paredes, 59), Messi, Alvares (Martines, 79).
Ogohlantirishlar: Akunya (49), Krixovyak (78).

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCH-2022. Argentina Polshani mag‘lub etdi va pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi